So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Nur sochmay qo'ygan yulduz Yangiliklar

Nur sochmay qo'ygan yulduz

Maftunkor o'yinlari bilan mavsumning bosh qahramonlariga aylangan aksariyat futbolchilar negadir joriy mavsumda o'z mahoratlarini namoyish eta olishmayapti.

Vaholanki, tur ortidan tur o'tib, chempionat oraliq marraga yaqinlashmoqda. Yulduzlarga esa mahoratlarini ko'rsatish nasib etmayapti. Marhamat, jilosini yo'qotgan yulduzlar bilan tanishing.

Olive Jiru, Arsenal

Bu futbolchini hozircha hech kim top-hujumchilar qatoriga qo'shgan emas. Franciyalik hujumchining zambaragi qandaydir samara keltirishi uchun jamoadoshlari uni doimiy ravishda snaryad bilan taminlab turishlari lozim. Aks holda, Jiru simyog'ochdek qaqqayib turaveradi. U avvalgi mavsumni o'rtacha 20ta gol bilan yakunlagandi. Joriy mavsumda Arsen Venger o'yin uslubini biroz o'zgartirib, Aleksis Sanchesdan ko'proq foydalanmoqda. CHililik legioner hozircha murabbiy ishonchini oqlayotgani bois, Evropaning vice-chempioni Emireyts­ning shinam o'rindig'ini tark etolmayapti.

Riyod Mahrez, Lester

Aslida Lesterning barcha o'yinchilarini hech ikkilanmay mavsum startidagi omadsiz ishtirokchilar safiga kiritish mumkin. O'z unvonini himoya qilish u yoqda tursin, hatto ECHL hududidan joy olish ham amaldagi chempion uchun oson bo'lmasligini ko'pchilik mutaxassislar bashorat qilishmoqda. Klaudio Ranerining yarim hazil, yarim chin etirofi ham o'ta kamtarona bo'ldi: Maqsadimiz - 40 ochko to'plash. Iltimos, kulmang!.

O'tgan mavsum 10ta imkoniyatdan 9tasini golga aylantirgan Vardi hozirda 7ta uchrashuvdagi bir juft aniq zarbasi bilan muxlislardan uzr so'rayotgan bo'lsa, Riyod Mahrez atigi bitta gol urdi. Yagona gol esa penaltidan amalga oshirildi. Jamoadoshlarini to'p bilan taminlash borasida ham jazoirlik vinger etarlicha tanqidga loyiq. To'g'ri, ECHLdagi Bryuggega qarshi bahsda belgiya­liklar darvozasini ikki bor ishg'ol etib, o'zini biroz oqlagandek bo'ldi. Ammo APLda qachon chempionga xos to'p suradi?!

Genrix Mxitaryan, MYU

qizil iblislar tarkibida ham chempionatni talab darajasida o'tkaza olmayotgan yulduzlar anchagina. Pol Pogbaga barqarorlik etishmayapti. Runi maydonda yo'qolib qolmoqda, mashuqasidan ayrilgan Martial hali o'ziga kelmadi. Lekin Genrix Mxitaryanning salbiy jihatlari hammasidan oshib tushmoqda. Dortmundda eng yorqin etakchilardan biri bo'lgan futbolchi MYUda umuman sezilmayapti, qanot bo'ylab reydlar uyushtirmayapti, to'p uchun kurashishda ham faol emas. APLda aynan shu xususiyatlar talab etiladi. Yaxshi sport formasida emasligi bois, Mourino unga ko'proq imkoniyat bermayapti. Boz ustiga, Genrix o'zining odatiy poziciyasida emas. qisqasi, Mxitaryan - oltin qafas mahbusi.

Gari KEYXILL, CHelsi

Yil sayin temir Jon Terrining zangi qalinlashib bormoqda. SHu bois, CHelsiga kelayotgan har bir murabbiy sardorning o'rnini bosa oladigan nomzod ustida bosh qotiradi. Terri maydonga tushayotgan pallada Gari Keyxill asta-sekin unga tenglashishga intildi. Tajribali faxriyning ko'magisiz ko'klarning etakchi himoyachisi bo'la oladimi? Vaqtida Benites Garini David Luiz, Mourino Zuma bilan juftlikda sinab ko'rishgandi. Biroq Keyxill hozirda ham tez-tez xatoga yo'l qo'yib turadi, poziciya tanlashda zehni o'tkir emas. Muhimi, dastlabki hujumkor uzatmani amalga oshirishni bilmaydi. Bularning barchasi Antonio Konte uchun juda zarur bo'lgan xislat. SHu sababli ingliz matbuotida murabbiyning himoyachi faoliyatidan qoniqmayotganligi haqidagi xabarlar ko'payib bormoqda. Hatto Keyxillni transferga qo'yish varianti ham yo'q emas.

Markazda ishonchli to'p surishi bashorat qilinganlardan N~Golo Kante ham talab darajasiga ko'tarilmadi. Franciyalik yosh himoyachi uchun o'zini o'nglab olish uchun vaqt ham, imkoniyat ham etarli. Keyxill uchun esa vaziyat tobora keskinlashib bormoqda - navbatdagi birgina xato jamoani tark etishiga sabab bo'lishi mumkin.

Jakomo BONAVENTURA, Milan

Bu futbolchi 2015|2016 yillar mavsumida Milan tarkibidagi ishonchli to'p surganlardan biriga aylangandi. Tashabbuskor yarim himoyachi rossoneri safida yuzaga kelgan tartibsizliklarga barham berish maqsadida bor kuch va mahoratini ishga solgan, sermahsul o'yin ko'rsatgandi. Joriy mavsumda o'zining ilk golini 7-turda amalga oshirdi, samarali uzatmalar borasida esa hamon 0.

Serxio RAMOS, Real

Himoyachi chindan o'z poziciyasida Evropaning eng yorqin futbolchilaridan biri. Hozir ham raqiblar darvozasiga xavf solishni o'rniga qo'ya oladi. Masalan, ECHLdagi 2ta goli uchun muxlislar qirollik klubi sardorining barcha gunohlarini kechirishga tayyorlar. So'nggi ikki oy ichida Serxio jiddiy tanqidlarga ko'milib ketdi. U ishtirok etgan sakkiz bellashuvning atigi ikkitasida Real o'z darvozasi daxlsizligini taminlay oldi, xolos. O'tkazib yuborilgan gollar Ramos yo'l qo'ygan xatoliklar tufayli yuzaga keldi. Italiya terma jamoasi bilan bo'lgan saralash uchrashuvidagi penaltidan keyin Serxio bor alamini to'kib soldi: Hozirda tanqidchilar o'sha lahzalardan lazzat olishmoqda. Biroq tez orada ularning og'zini yumib qo'yaman.

Paulo DIBALA, Yuventus

O'tgan mavsum Dibala umidli futbolchi darajasidan haqiqiy professional maqomiga ko'tarilib, keksa sinora­ etakchisiga aylangandi. To'purarlik mahoratidan tashqari, yoshiga xos bo'lmagan aqlli o'yin ko'rsatib, hujumlar yo'lini belgilab beradigan ijodkor rolini bajarayotgandi. Vaziyat o'zgardi - Paulo avvalgidek Morata va Manjukich emas, mahorat bobida o'zidan qolishmaydigan Gonsalo Iguain bilan hamkorlik qilmoqda. Kim qanday vazifani bajarishi xususida ular o'zaro bir to'xtamga kelisholmagan ko'rinadi. SHu kamchilik ikkovlonning sermahsulligiga salbiy tasir ko'rsatmoqda. Hozircha Yuvening 21 raqami sohibi o'z hisobiga bor-yo'g'i bitta gol va 2ta samarali uzatmani yozib qo'ydi. Tabiiyki, o'tgan mavsum natijalari oldida bu hech narsa emas. Umid qilamizki, Dibala tez orada o'z o'yinini topib, boy berilgan nufuzini tiklaydi.

Mahmud DOXUD, Borussiya M.

Bundesliganing oldingi mavsumini yorqin kashfiyot maqomida yakunlagandi. Jaka va SHtindl bilan hamkorlikda samarali yarim himoya uchburchagini shakllantirgandi. Jaka jamoani tark etgach, Borussiyaning ana shu markazi o'z qudratini yo'qotdi. Mahoratli Doxud ham, debyutant Kramer va yosh iqtidor sohibi Kristensen ham avvalgi hamkorlikni yo'lga qo'ya olishmayapti. SHu sababli Borussiya o'tgan mavsumdagidek ishonchli o'yin namoyish etolmayapti.

Kingsli KOMAN, Bavariya

Aren Robben, Frank Riberi jarohatlarini davolash bilan ovora bo'lgan kezlari Duglas Kosta va Kings­li Koman kabi yoshlar oldingi chiziqning qanotlarida ajoyib to'p surishgan, Gvardiolaning ishonchini to'la oqlashgandi. Hozirda Kostaning o'zi shikastlangan, Karlo Anchelotti Komanga imkon bermoqda. Franciyalik futbolchi hozircha talabga javob berolmayapti. Bundan tashqari, Komanning jismoniy holati ham ko'ngildagidek emas - o'yin oxirigacha charchab qolmoqda.

Aleksey MIRANCHUK, Lokomotiv

Temiryo'lchilarning eng umidli futbolchisi bo'lgan Miranchuk hamon o'z hisobiga ochko yozib qo'yishga muvaffaq bo'lolmadi. Vaholanki, Aleksey Rossiya terma jamoasining bo'lajak mundialdagi umidlaridan biri hisoblanadi. Yarim himoyachi doimo tashabbusni o'z qo'liga olishga intiladi, yakkakurashlardan cho'chimaydi. Ana shu harakatlarini natijaga aylantirishda oqsamoqda. Tayanch hududida o'yinni jonlantirish maqsadida Yuriy Syomin Miranchukni o'z darvozasiga yaqinroq bo'lgan poziciyada sinab ko'rmoqda. Biroq bu chora ham hozircha natija bermayapti.


S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика