So’nggi yangiliklar

10:28"Барселона" етакчиларидан бири: "Тўп Винисиусда бўлса, фақат ибодат қилиш қолди"  1 10:00"Реал" ва "Ман Сити" италиялик ҳимоячи учун курашмоқда  0 09:35Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Осиё кубогига борадиган таркиби маълум  0 08:50The Telegraph АПЛ мавсумидаги топ-10 трансферни эълон қилди  0 08:22"Барселона" президенти: "Биз 2023 йилда уни қайтариб олишга ҳаракат қилдик, лекин Месси "Интер Майами"га ўтишни қарор қилди"  5 07:56EЧЛдан шармандали тарзда чиқиб кетганидан сўнг жамоа бош мураббийи нималар деди?  3 07:25Жамшид Искандеров: "Ҳақиқатдан ҳам бундай гап-сўзлар бўлди  17 04:38"У менга ҳатто илтимос ҳам қилмай қўйди" — Педри Ферран Торреснинг "шахсий ҳайдовчисига" айлангани ҳақида ҳазиллашди  0 04:25ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!  30 00:45ЕЧЛ. Сёрлотнинг хет-триги "Атлетико"ни 1/8 финалга олиб чиқди  8 00:40ЎФА "Олимпик" клубидаги маошлар муаммоси бўйича баёнот берди  9 23:46"Лапорта борган сари Трампга ўхшаб қолмоқда" — Виктор Фонт "Барселона"даги янги можароларга муносабат билдирди  9 23:12"Реал"да жиддий йўқотиш бўлиши мумкин: Мбаппе "Бенфика" билан ўйин олдидан машғулотни тўхтатди  7 22:27"Локомотив" 2026 йилги мавсум учун футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 22:08"Андижон"да ўзгаришлар — Осиё чемпиони кетди, ярим ҳимоячи ижарага берилди  1

Nunu Santush: Maqsadimiz bosh sovrinni qo'lga kiritish Yangiliklar

Nunu Santush: Maqsadimiz bosh sovrinni qo'lga kiritish

Osiyo chempionlar ligasi birinchi turidan o'rin olgan Al Ittihod – OKMK uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Nunu Santush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- OCHL nufuzli musobaqa. Biz ushbu turnirga qaytganimizdan mumnunmiz. "Al Ittihod" bu turnir tarixida yaxshi natijalar qayd etgan.

- Ushbu musobaqaning avvalidanoq g'alabani maqsad qilganmiz. Maqsadimiz bosh sovrinni qo'lga kiritish.

- Biz OKMKning maydondagi imkoniyatlarini hurmat qilamiz. Rejamiz esa tushunarli: g'alaba uchun o'ynash. Qiyin o'yinga tayyorlanmoqdamiz.

- Ochilish o'yini har doim tonni belgilab beradi. Bugungi mashg'ulotlar qanday o'tishiga qarab tarkibni aniqlaymiz.

- O'tgan mavsumning oxiridan boshlab, biz beshta legioner o'yinchini OCHL qaydnomasiga kiritishimiz mumkinligini bilardik. Biz har qanday holatga tayyor edik.

- Maqsadimiz Saudiya Arabistoni chempionatini jahon darajasiga olib chiqish bo'lsa, iqtidorli legionerlarni jalb qilish mantiqiy qaror bo'ladi. Biroq jamoa tarkibini shakllantirishda men qaror qabul qilmayman. Men bu erda jamoani to'g'ri tomonga yo'naltirish, hammamizga maqul bo'ladigan qoidalar bo'yicha o'yin qurish uchun ishlamoqdaman.

- Koronado va Jota jarohat sabab "Al Hilol"ga qarshi o'yinda maydonni tark etishdi. Ular tiklanishda davom etishmoqda, tiklanish vaqti aniq aytilmagan bo'lsa ham ularning tezroq safga qaytishlariga optimistik ruhda ishonmoqdaman.

- Groe o'zida kichik noqulaylik sezdi va tibbiy ko'rikdan o'tdi. Hammasi yaxshi, biz ertangi mashg'ulotlardan oldin tibbiy guruh bilan uning o'yinga qanchalik tayyorligini muhokama qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика