Nunu Eshpiritu Santu: "Birlashib kuchli dushmanga qarshi jang qilishimiz kerak"
11 avg 2020 11:13
Yangiliklar
Nunu Eshpiritu Santu: "Birlashib kuchli dushmanga qarshi jang qilishimiz kerak"
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Evropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu mavsumda Evropada necha kilometr yo'l bosib o'tganimizni tasavvur ham qila olmayman. Darhaqiqat, uzoq yo'l bosildi. Men yigitlardan harakatlarimiz samarasiz ketmasligi uchun hamma narsani qilishni so'radim. Endi yana birlashib kuchli dushmanga qarshi jang qilishimiz kerak.
Biz bu turnirdagi ishtirokimizni bir yildan ko'proq oldin "Kruzeyders"ga qarshi o'yin bilan boshladik. Bu juda uzoq yo'l edi. Evropa Ligasining eng kuchli 8 jamoasi orasida bo'lish - ajoyib natija. Bunga qancha mehnat sarflanganini hamma bilishi kerak", - deydi Santu.
Eslatib o'tamiz, o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar