Noyerdan keyin uning o'rinbosari ham jarohat oldi
30 mar 2017 23:20
Yangiliklar
Noyerdan keyin uning o'rinbosari ham jarohat oldi
Jarohat olgan “Bavariya” posboni Manuel Noyerning yaqin uchrashuvlarda o'rnini bosishi kutilayotgan myunxenliklarning boshqa bir posboni Sven Ulrayx ham kichik jarohatga yo'liqdi.
28 yoshli posboni jamoasining bugungi mashg'ulotlarida kichik jarohat oldi. SHunga qaramay ushbu posbon shanba kuni “Augsburga”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Agar Ulrayz jaroxatdan tiklanishga ulgurmasa, uning o'rniga “Bavariya”ning uchinchi posboni 36 yoshli Tom SHtarke maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ulrayx so'nggi marta Bundesliga bahslarida 2016 yilning may oyida maydonga tushgandi. Tom SHtarke esa 2014 yilning martidan buyon Bundesligada ko'rinish bergani yo'q.
Fikrlar