Noyer: "Uchta uchrashuvda 2 ochko - bu "Bavariya" uchun juda kam"
03 okt 2018 11:04
Yangiliklar
Noyer: "Uchta uchrashuvda 2 ochko - bu "Bavariya" uchun juda kam"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Bahsni yaxshi boshladik, to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlikka ega bo'ldik. Ammo keyin o'yin nazoratini "Ayaks"ga topshirdik. Ular to'p bilan yaxshi harakat qila olishini bilardik. Muammolar paydo bo'ldi va gol o'tkazib yubordik. So'nggi 3ta o'yinda 2 ochko oldik - bu juda kam. Ammo omad qaytadi" - deydi Noyer.
"Bavariya"ning E guruhidagi raqiblari "Ayaks", AEK va "Benfika".
Fikrlar