Noyer ter-SHtegen haqida: “U birinchi marta noliyotgani yo'q”
16 sen 2019 09:45
Yangiliklar


Noyer ter-SHtegen haqida: “U birinchi marta noliyotgani yo'q”
Germaniya terma jamoasi asosiy posboni Manuel Noyer jamoadoshi Mark-Andre ter-SHtegenning o'yin amaliyoti kamligi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.
“Men uning nimalar deganini eshitdim. Bu gaplar menga yoqmadi. Boisi u bularni mening o'zimga ham aytishi mumkin edi. Biz bir jamoamiz. Jamoa g'alaba qozonishi uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak. Bunday gap-so'zlar esa bizga yordam bermaydi. U birinchi marta noliyotgani yo'q. Men sardorman, faqat jamoam foydasi haqida o'ylayman”, — deydi Noyer.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ter-SHtegen terma jamoada o'yin amaliyoti kamligidan va zaxira posboni bo'lish yoqmayotganidan noligandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar