Noyer Ronaldu va Kimmixni ortda qoldirib, ECHL rekordini o'rnatdi
26 noy 2020 20:05
Yangiliklar


Noyer Ronaldu va Kimmixni ortda qoldirib, ECHL rekordini o'rnatdi
CHempionlar Ligasi 4-turi doirasida “Bavariya” o'z maydonida “Zalcburg”ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida bahsni to'liq o'tkazgan darvozabon Manuel Noyer musobaqada qatorasiga 15 o'yinda g'alaba qozongan ilk futbolchiga aylandi. Kiper mazkur ko'rsatkich bo'yicha “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu hamda jamoadoshi Yozua Kimmixni (ketma-ket 14 g'alaba) ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, myunxenliklar “A” guruhida 12 ochko to'plagan holda muddatidan oldin 1/8 bosqich masalasini hal etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar