Noyer Nyubelning transferidan norozi
03 jan 2020 00:35
Yangiliklar


Noyer Nyubelning transferidan norozi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoaga o'zi uchun yangi raqobatchi olib kelinishidan xursand emas.
"Sport Bild" nashri xabariga ko'ra, jamoa sport direktori Hasan Salixamijich Noyer bilan Aleksandr Nyubel transferini muhokama qilgan va yangi darvozabonga mavsum davomida 15 o'yinda maydonga tushish imkoniyati berilishini so'ragan.
33 yoshli Noyer bu taklifni maqullamadi. CHunki u har o'yinda, shu jumladan, o'rtoqlik uchrashuvlarida ham o'ynashni xohlaydi.
Avvalroq "Bavariya" 23 yoshli Nyubel bilan 5 yillik kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar