Noyer Matteusning natijasini takrorladi
14 jan 2021 01:35
Yangiliklar


Noyer Matteusning natijasini takrorladi
"Bavariya" va "Xolshtayn Kil" jamoalari o'rtasidagi Germaniya kubogi doirasidagi bahs davom etmoqda.
Mazkur uchrashuv myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer uchun "Bavariya" tarkibidagi 410-rasmiy o'yin hisoblanadi. U bu borada klubning sobiq yarim himoyachisi Lotar Matteus bilan tenglashib oldi.
"Bavariya" tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sobiq darvozabon Zepp Mayer (700 uchrashuv) hisoblanadi. Hozir faoliyatini davom ettirayotgan o'yinchilar orasida eng yaxshi natija Tomas Myullerga tegishli (555).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar