So’nggi yangiliklar

00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  113 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  13

Noyer JCHda birinchi raqamli bo'ladi yoki Rossiyaga umuman bormaydi! Yangiliklar

Noyer JCHda birinchi raqamli bo'ladi yoki Rossiyaga umuman bormaydi!

Ko'pchilikni Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi darvozasini kim qo'riqlaydi, degan savol qiziqtirmoqda.

Nemis mashinasining asosiy kiperi va jamoa sardori Manuel Noyer uzoq jarohatdan yaqindagina qutildi.

Manuel Noyer garchi tiklangan bo'lsada "Bavariya" safida oxirgi o'yinlarda JCHni o'ylab tavakkal qilishni istamadi.
Ayni paytda Noyer Germaniya terma jamoasi lagerida Italiyadagi yig'inda qatnashmoqda. Noyer mashg'ulotlarda umumiy guruh bilan to'liq yuklamalarni bajargan holda shug'ullanmoqda.

Yoaxim Lyov yaqindagina Germaniyaning 27 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibini elon qilgandi. Tarkibda to'rtta darvozabon kiritilgan: Manuel Noyer, Ter SHtegen, Bernd Leno va Kevin Trapp. Yakuniy 23talik ro'yxatdan aniq bir darvozabon tushib qoladi.

Noyerni Rossiyada bo'ladigan Jahon chempionatiga borishiga ko'pchilikda shubha yo'q. Lekin Lyov uzoq muddatli og'ir jarohatdan keyin o'yin amaliyotisiz qolgan Noyerdan mundialda birinchi raqamli kiper sifatida foydalanadimi yoki "Barselona" safida ajoyib mavsumni o'tkazgan Ter SHtegenga post ishonib topshiriladimi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda.

Germaniyada mahalliy qator nashrlar o'yin amaliyotisiz qolgan va qanday sport formasidaligi ham malum bo'lmagan Noyerni asosiy tarkibda o'ynatishni katta tavakkal deb hisoblashmoqda. Mundialda nemis mashinasi darvozasini Ter SHtegen qo'riqlashi lozim deb hisoblovchilar ham ko'pchilikni tashkil etmoqda.

Bazilar esa Noyerning mahorati va tajribasiga shubha qilishmayapti va jahon chempionatida aynan "Bavariya" posboni o'z joyida bo'lishi kerakligini takidlashmoqda.

Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov esa bir necha oy avval ham Noyer agarda safga qaytsa, unda Jahon chempionatiga ikkilanmasdan olib ketishini malum qilgandi. Ammo Noyerning tiklanishi ancha cho'zilib ketdi va darvozabon mavsumni o'yin amaliyotisiz tugatdi.

Rossiyada Germaniya darvozasini qo'riqlaydigan birinchi raqamli qo'lqopni kim kiyishi yana aktual mavzuga aylandi.

Aynan shu mavzuda kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida yoaxim Lyov aniq va lo'nda qilib javob qaytardi.

- Men optimistik ruhdaman va Noyer bilan hammasi yaxshi kechishiga ishonaman. Aks holda uni Appianodagi yig'inga olib kelmasdik. Noyer "Bavariya"da oxirgi 2 hafta hech qanday cheklovlarsiz to'liq yuklamalar bilan shug'ullandi. Noyerni JCHda o'ynash yoki o'ynamasligi borasida qaror shunday bo'ladi: Manuel Noyer Jahon chempionatiga boradigan bo'lsa, unda 100% maydonga tushishga tayyor holatdagina yakuniy ro'yxatdan o'rin oladi. SHunchaki zaxira varianti sifatida emas. Noyer o'zini bezovta his etsa yoki maydonga tushishga to'liq tayyor bo'lmasa, unda Rossiyaga bormaydi. Nuqta. Jamoa sardori shunchaki zaxirada o'tirish uchun mundialga bormaydi.

Bild nashri Yoaxim Lyovning ushbu so'zlarini chop etdi.

Demak Noyer yakuniy ro'yxatga kiritilsa, unda Germaniya terma jamoasi darvozasini JCHda kim qo'riqlashi haqidagi ortiqcha savollarga o'rin qolmaydi. Aks holda esa Noyer mundialni teleekran orqali tomosha qiladi va uning o'rniga Trapp yoki Leno yakuniy ro'yxatdan o'rin oladi.

Ter SHtegen esa Germaniya terma jamoasining ayni paytda Noyerdan keyingi asosiy darvozaboni.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика