Noyer jamoadoshlaridan uzr so'radi
05 dek 09:08
Yangiliklar
Noyer jamoadoshlaridan uzr so'radi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniya Kubogi 1/8 final bosqichida "Bayer"ga qarshi bahsning 17-daqiqasida to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka oldi.
Darvozabon jarima maydonchasi tashqarisida Jeremi Frimpongni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Bu 38 yoshli kiperning faoliyatidagi ilk qizil kartochka bo'ldi. "Bavariya" "Bayer"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
"Bu o'yin taqdiriga bevosita tasir ko'rsatdi. Bizga og'ir va men afsusdaman. Jamoadoshlarimdan uzr so'radim. O'sha vaziyatda men kichik ofsayddan ham umid qilgandim. Endi buni o'zgartira olmayman. Bu xato edi va uni tan olishim kerak. Afsuski, boshqa ilojim ham yo'q".
Fikrlar