Noyer Germaniya kubogining chorak finalida maydonga tusha olmaydi
01 apr 2019 23:50
Yangiliklar


Noyer Germaniya kubogining chorak finalida maydonga tusha olmaydi
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach darvozabon Manuel Noyerni Germaniya kubogi 1/4 final bosqichida "Xaydenxaym"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishini takidlab o'tdi.
"Biz ushbu uchrashuvni kutyapmiz. So'nggi o'yin natijasidan qoniqmadik. Ammo, u o'tib ketdi. Afsuski, "Frayburg"ga qarshi o'yinda kutilgan natijani qayd eta olmadik. Biroq, bu haftani yaxshi yakunlab bo'lmaydi degani emas.
Hozir faqat Germaniya kubogi haqida o'ylamoqdamiz. Qolganlari to'g'risida keyin boshqotiramiz. Alaba va Noyer yaxshilanib borishmoqda. "Xaydenxaym" bilan o'yinda Sven Ulrayx darvozani qo'riqlaydi", - deya Kovachning so'zlarini keltirdi "Bavariya" rasmiy sayti.
Uchrashuv 3 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar