Noyer “Bavariya”ning qishki yig'inini o'tkazib yuboradi
19 dek 2017 23:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/295118_original.jpg)
![](/upload/storage/295118_220.jpg)
Noyer “Bavariya”ning qishki yig'inini o'tkazib yuboradi
“Bavariya” posboni Manuel Noyer jamoasining Qatarda o'tadigan qishki yig'inini o'tkazib yuborishga majbur.
“Manuel Germaniyada qoladi, u biz bilan Qatarga bormaydi. Biz uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamaymiz. Uning uchun jismoniy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib boramiz”, deya takidladi jamoa ustozi Yupp Xaykens.
Eslatib o'tamiz, Noyer sentyabr oyida mashg'ulotlardan birida oyog'ini sindirib olgan va haligacha safga qaytgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar