Noyer “Bavariya”ning qishki yig'inini o'tkazib yuboradi

“Bavariya” posboni Manuel Noyer jamoasining Qatarda o'tadigan qishki yig'inini o'tkazib yuborishga majbur.

“Manuel Germaniyada qoladi, u biz bilan Qatarga bormaydi. Biz uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamaymiz. Uning uchun jismoniy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib boramiz”, deya ta'kidladi jamoa ustozi Yupp Xaykens.

Eslatib o'tamiz, Noyer sentyabr oyida mashg'ulotlardan birida oyog'ini sindirib olgan va haligacha safga qaytgani yo'q.


Manba: Goal.com