Noyer "Bavariya" safida rekord o'rnatdi
26 fev 2017 18:45
Yangiliklar
Noyer "Bavariya" safida rekord o'rnatdi
"Gamburg"ga qarshi Germaniya chempionatining 22-tur uchrashuvi "Bavariya" posboni Manuel Noyer uchun Bundesligada o'tkazgan 100-quruq bahs bo'ldi.
30 yoshli posbon ushbu rekordni 183 ta o'yinda o'rnatdi.
"Bavariya" bilan 100 ta quruq o'tkazishga Oliver Kan va Zepp Mayer erishgan, ammo ularga Noyerdan ko'proq uchrashuv kerak bo'lgan.
Noyer Bundesliganing yangi rekordini o'rnatidi - hech bir posbon ushbu natijaga bunchalik tez erishmagan.
"Bavariya" "Gamburg"ni 8:0 hisobida taslim etdi.
Fikrlar