Noyer: "Achinarlisi, vaziyat ham yarata olmadik"
07 okt 2018 11:33
Yangiliklar
Noyer: "Achinarlisi, vaziyat ham yarata olmadik"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Bundesligada Menxengladbaxning "Borussiya"sidan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinni yaxshi boshladik. Kerak bo'lmagan joyda gol o'tkazib yubordik, shundan keyin oldinga o'ta olmadik. Biz vaziyatlar yaratishni uddalamadik. Keyinchalik ikkinchi golni ham qo'yib yubordik. Birorta futbolchi bu borada yonmadi va ishtiyoqqa to'lmadi. Ikkinchi gol esa bizning yuzimizga musht bilan urgandek bo'ldi. Tanaffusdan keyin ikkinchi bo'limni huddi birinchisi kabi boshlashni istagandik. O'tgan o'yinlarda ko'plab vaziyatlar yaratgandik, biroq undan foydalana olmagandik. Bu "Bavariya" emas. Achinarlisi, biz bugun umuman golga tortadigan imkoniyatga ega bo'lmadik", - dedi Noyer.
O’xshash yangiliklar
19:10
"Barsa" Uilyamsning transferi barbod bo'lsa, "Bavariya" vingeri bilan shartnoma imzolashi mumkin 5
Fikrlar