Noxush xabar: Iker Kasilyas shifoxonaga tushib qoldi
01 may 2019 19:44
Yangiliklar


Noxush xabar: Iker Kasilyas shifoxonaga tushib qoldi
"Portu" darvozaboni Iker Kasilya bugun ertalab shifoxonaga yotqizildi.
Goal nashrining malumotiga ko'ra, ispaniyalik posbon mashg'ulotlar paytida yurak xurujidan og'rigan va tezda shifoxonaga olib ketilgan. Buni "Portu" jamoasi tasdiqladi. Kasilyasni tezkor operaciya kutib turibdi va A Bola nashrining xabariga ko'ra, Iker bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Qayd etish kerak, Kasilyas Madridning "Real" klubi sharafini 1998-2015 yillar davomida himoya qilgan va 2015 yildan beri Portugaliya jamoasida harakat qilmoqda.
37 yoshli Iker ECHLda quruq o'yinlar o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi — 57 o'yin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar