So’nggi yangiliklar

09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  0 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  0 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  2 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  3 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  1 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  6 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  16 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0

Noto'g'ri yondashuv tufayli O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" aziyat chekadi. Bu qanday sodir bo'ldi? Yangiliklar

Noto'g'ri yondashuv tufayli O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" aziyat chekadi. Bu qanday sodir bo'ldi?

Butun dunyoni qiyin holatda ushlab turgan koronavirus yurtimizga kirib kelganiga 4 oydan oshdi.

Mart oyining o'rtasida O'zbekiston chempionati nomalum muddatga qoldirilgandi. Klublar deyarli uch oylik majburiy tanaffusdan keyin mashg'ulotlarga qaytishdi va iyun oyi o'rtasida Superliga bahslari qayta tiklandi.

Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiyadan keyin O'zbekistonda ham futbol o'yinlari karantin talablariga rioya qilingan holda o'tkazila boshlandi. PFL klublarga karantin vaqtida qanday ishlash kerakligi haqida hujjat yubordi. Biroq oldin ham yozilganidek bu etarli emasdi. Sababi o'sha Germaniyada ham futbolchilarda koronavirus aniqlangan va bu vaziyatda qanday yo'l tutilishi haqida aniq yozib qo'yilgandi. Hatto bazi futbolchilar koronavirusdan tuzalib maydonga qaytganini ko'pchilik sezmay ham qolgandi. Biroq bizda qaysidir futbolchida infekciya aniqlansa keyin nima bo'lishi haqida umuman aniq fikr yo'q edi.

Reglament tasdiqlanishi yoki chempionat to'xtatilishi kerak        

 
Superliga restartidagi eng katta xatolardan biri bu test olish majburiy qilib qo'yilmagani bo'ldi. To'g'ri test topshirgan futbolchi ko'chaga chiqishi va 1 soatdan keyin boshqa insondan virus yuqtirib olishi mumkin. Biroq nega Germaniya yoki Janubiy Koreyada bunday o'ylashmadi? Nega ular malum muddatdan keyin test topshiraverishdi. Nima Germaniyadagi futbolchilar magazinga borishmaydimi yoki Koreyadagilar ko'chaga chiqishmaydimi? PFL vakillari O'zbekistonda test faqat shamollash simptomi bor bo'lgan insonlardan olinishi shu bois klublarga testni majburiy qilinmaganini malum qilishdi. To'g'ri karantin boshida testlar juda taqchil edi. Biroq taxminan bir oy oldin hususiy klinikalarga test olish va infekciya yuqtirganlarni davolashga ruxsat berildi. Qaysidir hususiy klinika bilan shartnoma tuzish va barcha klublarni har 5-7 kun ichida test topshirishga majburiy qilish mumkin edi bizningcha. SHota Arvledaze chempionat restartidan oldingi video konferenciyada klublarga pul to'plab malum miqdorda test sotib olish va har turdan keyin test o'tkazishni taklif qilganidan xabardormiz. Biroq ko'plab klublar bu taklifga qarshi chiqishdi, kimlardir pul yo'qligini ro'kach qilishdi. Oqibatda faqat "Paxtakor" har 5 kunda futbolchilarni testdan o'tkazib keldi, bazi klublar faqat restardan oldin buni amalga oshirishdi, bazi klublar esa faqat iyul oyi o'rtasida, vaziyat jiddiy bo'lganidan keyingina test olishdi xolos.

To'g'ri test ortiqcha xarajat, shundoq ham pandemiya vaqtida qiyin holatda qolgan bazi klublarimiz uchun bu juda og'ir bo'lishi mumkin. Biroq hozirgi vaziyatda nima bo'lmoqda? Futbolchilarda ketma-ket koronavirus aniqlanmoqda, futbolchilardan ularning oilalariga, ota-onalariga yuqmoqda... Eshitishimizga qaraganda mashhur futbolchimizning ota-onasi og'ir ahvolda kasalxonada yotibdi. Kimningdir homilador turmush o'rtog'i bor, ularga ham virus yuqqanini eshitdik.



Test olinganidan keyin futbolchi ko'chadan virus yuqtirib kelishi mumkin. Mayli deylik A jamoaning barcha futbolchisi bugun test topshirdi. Hech kimda virus aniqlanmadi. Bir futbolchi bozorga bordi va virus yuqtirdi. Virusning yashirin davri 1-2 kunnni tashkil etadi. O'sha futbolchi maydonga tushib o'ynadi va o'yindan keyin test topshirganida undan koronavirus aniqlandi. O'z navbatida ikki jamoadoshi va raqib jamoa safida 1 futbolchida ham test ijobiy chiqdi deylik. Klublar darhol bu futbolchilarni izolyaciyaga oladi. Qolgan futbolchilar keyingi turga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Endi shu vaziyatda test yo'q deb tasavvur qiling. A jamoadagi futbolchi B jamoadagi ikki futbolchiga yuqtirdi, keyingi turda S jamoadagi bir o'yinchiga, B jamoa esa o'z navbatida D jamoa bilan o'ynadi va ularga yuqdi. Zanjir reakciyasi!!! Buni endi to'xtatish qiyin. To'g'ri balki PFL testlarni majburiy qilmagandir, biroq klub hech bo'lmasa o'zi tashabbus ko'rsatib may oyidan buyon hech bo'lmasa, hech bo'lmasa bir marta test topshirishi kerak emasmi?

Bazi klublarimiz mana shunday vaziyatda ham rahbariyat buyrug'i bilan yoki boshqa sabab tufayli kasal futbolchilar haqida malumotni barchadan yashirishga urinishmoqda. Mayli OAVda futbolchilarning familiyasi chiqmasa ham hech bo'lmasa musobaqa o'tkazuvchi tashkilot PFLdan yashirmay ularga barchasini aniq-tiniq yuborishsa bo'ladi-ku! Ko'pchilik qaysidir insondan koronavirus chiqibdi desa, keyinchalik undan o'zini olib qochishga harakat qilayotgani haqida ham eshitayapmiz. Koronavirus bu uyatli kasallik emas, undan tuzalganlar ayni paytda hali infekciya yuqtirmaganlardan ko'ra xavfsizroq ekanini nahot ko'pchilik tushunmayapti?


O'zbekiston chempionatida ham Rossiyadagi holat yuz bermaydimi?        

 
"Paxtakor" klubida boshida 5 nafar, hozirga kelib esa 15ga yaqin futbolchida koronavirus aniqlangani haqida malumotga egamiz. Hatto maydon chetida to'p uzatib turadigan yosh bolalarda ham virus aniqlangani achinarli holat. Allqachon erkin agentga aylangan "Surxon" sobiq himoyachisi Vladimir Bubanya saytimizga intervyu berib klubda 20ga yaqin futbolchi koronavirus aniqlanganini malum qildi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvida koronavirus "bombasi portlagan" va "Paxtakor" futbolchilari "pichoqsiz so'yilgan". Oktyabr oyida Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan klub avgust oyini davolanish bilan o'tkazishi achinarli. Mayli OCHL bir gap bo'lar deydiganlar ham topilsa kerak. Lekin oktyabr, noyabr oylarida JCH-2022 saralashi doirasida muhim o'yinlar o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi asosini "Paxtakor" klubi vakillari tashkil etishini barcha juda yaxshi biladi. Ayniqsa hozirgi pandemiya vaqtida legionerlarimiz qanday qilib Toshkentga etib kelishlari haqida o'ylayotgan bir paytda mahalliy chempionatda o'ynayotgan futbolchilarga asosiy yuk tushishi aniq. Mana shu yigitlar hozir futbol haqida emas davolanish haqida o'ylashmoqda. Koronavirus aniqlanmagan futbolchilar ham yurak hovuchlab uyda o'tirishibdi. Terma jamoa barchamizniki, lekin futbolchilar "Paxtakor"niki deydigan muxlislarni hech qachon tushuna olmasam kerak. Avgust oyi boshida Vadim Abramov Toshkentda terma jamoani yig'adi, ushbu yig'inga chaqirilgan 13 nafar "Paxtakor" futbolchisi ishtirok eta olmaydi.



Superliga klubi murabbiylaridan biri hamkasbiga "Klubingda bir qancha futbolchida koronavirus aniqlangan bo'lsa unda U-21 futbolchilari bilan o'ynayver" degani qulog'imizga chalindi. Bu nima degani? Demak asosiy tarkib futbolchisi kasal bo'lsa, U-21 futbolchisi kasal bo'lmaydimi? Yoki ularning ota-onalari yo'qmi? Robot emasku U-21 futbolchilari. Agar test topshirilmasa va raqib kelib U-21 jamoasiga qarshi o'ynab ularga virus yuqtirsa, keyingi turda U-18 jamoasi o'ynashi, keyin U-14 maydonga tushishi kerakmi? Maqola boshida yozilganidek barchasi test topshirishga borib taqalmoqda. Maydonga tushayotgan ikkala jamoa safida koronavirus yo'qligiga ishonch hosil qilingandan keyin o'yin o'tkazish eng to'g'ri yo'li. Qatarda o'tadigan markazlashgan OCHL o'yinlaridan oldin har bir klub Qatarga uchishdan avval test topshirishi va Qatarga borganidan keyin ham test topshirishi majburiy qilib belgilandi. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev O'zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qura tashlash vaqtida Sport telekanalidagi chiqishida mashhur biznesmenlardan biri bilan muzokara olib borilayotgani va agar kelishuv amalga oshsa u orqali malum miqdorda testlar sotib olinadi hamda futbolchilar tez-tez testdan o'tishadi. Bu juda to'g'ri g'oya.

Endi klublarimizning bugungi vaziyatda qanday yo'l tutayotganiga bir etibor qilamiz. "Qizilqum" koronavirusga test topshirganlar ro'yxatida 7 nafar asosiy tarkib futbolchini kiritmay PFLga taqdim etdi. Keyinroq bu futbolchilaning 5 nafari shamollagani haqida xabar chiqdi. "So'g'diyona"da hech kimda virus chiqmagani haqida xabar chiqdi, biroq bir necha kun o'tgach jamoa mamuri vafot etdi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, u pnevmoniyadan vafot etgan. "So'g'diyona" asosiy futbolchilaridan biri ham ro'yxatda yo'q va ham shamollab uyda davolanayotgan ekan. "Lokomotiv"da 4 nafar futbolchida koronavirus aniqlandi, biroq bu borada hozirga qadar hech qanday rasmiy xabar chiqqani yo'q. "Andijon" va "Metallurg" klublari koronavirusga test topshirgani haqida hech qanday rasmiy xabar chiqmadi. Bu klublarda barcha sog'lom degan yaxshi gumonga boramiz. "Paxtakor" - AGMK uchrashuvidan keyin "Paxtakor"ning 5 futbolchisini virus chiqqandi. Olmaliq shahri klubi tezlik bilan pnevmoniyaga test topshirdi, barchasi yaxshi chiqdi. Ammo koronavirus uchun test hamon topshirilmagani bizni taajjubga solmoqda. Axir raqib safida bir yo'la 5 futbolchida infekciya aniqlangani ham jiddiy etiborni talab qiladi.

Superliganing tezroq qaytishini championat.asia sayti ham istaydi, zero o'zbek futboli saytimizning eng asosiy "non"i. Biroq insonlarning sog'lig'i o'rtaga chiqqanda vaqtincha bu "non"dan voz kechishga ham tayyormiz.


Niyatimiz qatiy tibbiy protokol yaratilishi va klublarimiz o'z futbolchilari uchun javobgarlik hissini bir necha karra oshirishlariga erishish. SHundan keyin chempionatimiz o'yinlari davom ettirilsa barcha uchun yaxshi bo'ladi deb o'ylaymiz. Agar hozirgi holatda hech nima o'zgartirilmay o'yinlar boshlansa ikkinchi to'lqin paydo bo'lishi va yana xudo ko'rsatmasin chempionat bahslari to'xtatilishi, ko'plab futbolchilar, ulardan keyin oilalari infekciya yuqtirib olishlari mumkin. Oxir-oqibatda shunday terma jamoamiz nima qiladi, buni hatto o'ylashga ham qo'rqaman.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика