So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Nosir Otaqo'ziev: "Bu yilgi "Hokim kubogi" musobaqasida 4 ta davlatdan futbol klublari qatnashishi kutilmoqda" Yangiliklar

Nosir Otaqo'ziev: "Bu yilgi "Hokim kubogi" musobaqasida 4 ta davlatdan futbol klublari qatnashishi kutilmoqda"

Barchangizga malum, har yili qishki tanaffuslar vaqtida Farg'onada "Hokim kubogi" xalqaro futbol musobaqasi o'tkazib kelinadi.

Bir necha yillardan buyon tashkillab kelinayotgani bois ushbu musobaqa vodiyda yaxshi ananaga aylanib ulgurgan. Saytimiz muxbiri yaqin kunlar ichida boshlanishi kutilayotgan mazkur musobaqa tafsilotlari yuzasidan Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev bilan suhbatlashdi.

- Nosir aka, "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasi qaysi sanalarda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda?

- Viloyatimiz hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozorovning topshiriqlari va alohida etiborlari bilan bu yilgi "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasini yanada ko'tarinki ruhda tashkil etishni maqsad qilganmiz. Turnir 24 yanvardan boshlanadi va 5 fevral kunigacha davom etadi. Ayni shu sanalar davomida Farg'onada katta futbol muhiti hukmron bo'ladi.

- Kuzatib kelamiz, "Hokim kubogi" musobaqasida butun Respublikamiz bo'ylab futbol klublari muntazam qatnashib kelishadi. SHuningdek, ushbu musobaqada xorij klublarining ishtiroki yaxshi ananaga aylangan. Bu yilgi musobaqada ham atrofdan va xorijdan kelib qatnashadigan klublar bormi?

- To'g'ri aytdingiz, "Hokim kubogi" musobaqasida vodiy jamoalaridan tashqari Respublikamizning turli xududlaridan futbol klublari qatnashib kelishadi. Jumladan, 2021-yilgi mavsumda Toshkentning "Bunyodkor" klubi muvaffaqiyatli qatnashib musobaqaning bosh sovriniga ega chiqqandi. O'tgan yilgi mavsumda Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" klubi g'olib bo'lgan. Bu yilgi musobaqada ham turli xududlardan takliflar kelib tushayapti. Masalan, Nukusdan ham kelib qatnashmoqchi bo'lishayapti.

Endi xorij klublariga kelsak, hozirda qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston, Qozog'iston davlatlaridan futbol klublarining kelib qatnashishlari deyarli aniq bo'lib ulgurdi. SHuningdek, ushbu yilgi musobaqada Rossiya klublaridan ham qatnashish takliflari bor.

Albatta, vodiyning barcha futbol klublari "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida qatnashishlari ko'zda tutilmoqda. Jumladan, musobaqa tarixida eng ko'p g'oliblikni qo'lga kiritgan "Neftchi" klubimizning ham ushbu musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda. 

- Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasi o'yinlari qaysi stadionlarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan?

- Musobaqa doirasidagi o'yinlar Farg'ona shahar futbol mahorati maktabi maydonida va Quvasoy shahridagi "Cementchi" o'yingohida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Final uchrashuvi esa katta futbol havosidan barchaning birdek bahramand bo'lishlarini taminlash maqsadida viloyatimizning tanlab olinadigan tuman yoki shahri markazida joylashgan stadionda o'tkazamiz. Albatta, bu borada bizda rejalangan maydonlar bor.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика