Normann “Rostov”dan ketmoqchiligini aytdi
10 okt 2020 21:00
Yangiliklar
Normann “Rostov”dan ketmoqchiligini aytdi
Donliklar yarim himoyachisi Matias Normann Norvegiya terma jamoasi ishtirokidagi matbuot anjumanida faoliyatida oldinga qadam qo'yishga tayyorligini bildirdi, deb yozadi jurnalist Arilas Ulad-Saad o'z sahifasiga.
Normann “Rostov”ni yanvarda tark etishini inkor qilmadi.
Avvalroq, Matias Angliya chempionatiga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Manbaga ko'ra, “Fulxem” unga qiziqish bildirmoqda. O'tgan yilning oktyabrida Normanning harakatlari MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsherga ham maqul kelishi aytilgan, boisi, ularning ikkisi “Molde”da birga ishlashgandi.
24 yoshli xavbek 2018 yil “Brayton”dan 1,7 mln evro evaziga “Rostov”ga transfer qilingan. U joriy mavsum RPLda 9 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar