So’nggi yangiliklar

17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  0 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  1 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  1 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  0 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4 14:36"Ливерпуль" "Хоффенхайм" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 14:09"Челси" икки ҳужумчиси билан хайрлашади  1 13:3610 йил ичида трансферлардан максимал фойда кўрган клублар  4 13:11"Интер" келаси мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 12:45Артета Жезусни мақтади  3 12:28"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Ҳожиакбаров Муҳаммад Али  0 12:00"Байер" мавсумга фаворит сифатида киради"  3 11:34"Манчестер Сити" янги меҳмон либосини тақдим этди  4

Noqulay raqib chiroyli o'yin bilan mag'lubiyatga uchratildi Yangiliklar

Noqulay raqib chiroyli o'yin bilan mag'lubiyatga uchratildi

Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan, hisobdagi 11 o'yin ham ortda qoldi.
Ilk marotaba 2001 yilning 27 aprelida Toshkenda bo'lib o'tgan O'zbekiston – Iordaniya uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan edi.  Bu terma jamoa bilan shu kungacha 5 marotaba durang natijani qayd etgan edik. Faqat bir marotaba, 2012 yil raqibimiz o'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'YINDAN AVVAL
O'yindan avval terma jamoamizda yo'qoltishlar bor edi. Odil Ahmedov hali to'p bilan ishlamayapti. Aksiga olib Server Jeparov va Jasur Hasanov ham mashg'ulotlarning birida kichik jarohat olishdi. Ularning ahvoli yaxshilanib borayotgan bo'lsada, maydonga tusha olmas edilar. Islom To'xtaxo'jaevda hamon diskvalifikaciya mavjud. Terma jamoaning to'rt nafar asosiy tarkib futbolchilaridan tashqari, “Al SHabab” – “Al Ayn” uchrashuvi tufayli Aziz Haydarov ham klub qarorgohiga ketgan edi. Bu o'yin FIFA kunidan o'rin olmaganligi bois, futbolchi o'z jamoasi bilan bo'lishi shart. Qo'shimchasiga,  SHavkat Mullajonovda ham mikro jarohat bor edi.



TARKIB
Dubaydagi dastlabki o'yin BAA futbol federaciyasiga qarashli stadionda bo'lib o'tdi. Raqibimiz Iordaniya terma jamoasining tarkibi jangovor ko'rinish oldi. O'yinni boshlang'ich tarkibida himoyamizdan yoshlar o'rin oldilar. Qanot “Nasaf”chasiga ko'rinish oldi. Markazda Ismoilovga Krimec tandem bo'ldi. To'raev va Ibrohimov tayanchda sherik. Qanotlarda Rashidov hamda Iskanderov. Kopadze o'rtada, oldinda birgina Bahodir Nasimov. Rejaga ko'ra ikki qanot himoyachilari payti bilan yarim himoyadan joy olishi kerak, Nasimovga esa hujum ortida Iskanderov yordam berishi, To'raev va Ibrohimov istagan paytda o'rtadan kirib borishi kerak.

O'YIN
Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni Rashidov va Iskanderov tashkil etishdi. 5-daqiqa o'tib borayotganda Sardor Rashidov chap qanotdan to'pni raqib jarima maydoni yoniga oshirib berdi. Jamshid Iskanderov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq va xavfli zarba bo'ldi. Oradan ikki daqiqa o'tgach Kapadze boshlagan hujumni Iskanderov davom ettirdi. Jamshid raqibning ikki nafar futbolchisini aldab Rashidovni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Sardorning zarbasidan so'ng Amir SHafi to'pni oyoqlari bilan qaytardi.

Iordaniya o'zi tashkil etgan deyarli birinchi xavfli vaziyatdan gol urdi. 16-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni markaziy himoyachimiz Egor Krimec qaytara olmadi, iordaniyalik Oday Al Sayfi 9 metrdan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.  

SHundan so'ng Lutfulla To'raev ikki bor Nasimovni qulay vaziyatga chiqardi. Biroq hujumchimiz bu imkoniyatlardan foydalana olmadi.

30-daqiqada Jamshid Iskanderovning to'p uzatishidan so'ng Farrux Sayfiev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. CHap qanot himoyachisi rolida o'ynagan Sayfiev to'pni o'ziga bo'ysundirayotganda Amir SHafi uni o'z jarima maydoni ichida yiqitishga majbur bo'ldi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Rashidov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Sardor to'pni darvoza markaziga yo'lladi, posbon o'ng tomonga tashlandi - 1:1. 



Taym yakunida SHuhrat Muhammadiev - Jamshid Iskanderov - Temur Kapadze - Sardor Rashidov kombinaciyasidan so'ng Sardor darvozaga zarba berdi. To'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

SHu tariqa dastlabki bo'limda ikkala jamoa bittadan gol urib tanaffusga chiqib ketdi.  

Ikkinchi bo'limda jamoalar o'zgarishsiz maydonga chiqdilar. Birinchi bo'limning dastlabki va so'nggi daqiqalari to'liq bizning ustunligimizda o'tdi. O'yin o'rtoqlik maqomida bo'lganligi uchun Mirjalol Qosimov natija uchun o'ynamadi. Futbolchilarini asil kuchini bilish uchun, asosan hujum uyushtirish lozimligi va to'p bilan ko'proq nazoratda bo'lish kerakligini takidladi. Ikkinchi bo'lim ham shuday ruhda o'tdi.

51-daqiqada iordaniyaliklar qarshi hujumga o'tishdi. Oday Al Sayfi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, Nesterovdan o'tgan hujumchining zarbasini Krimec shundoqqina darvoza chizig'i yonidan qaytarib yuborib jamoamizni goldan saqlab qoldi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida murabbiyimiz bir yo'la uchta o'zgarishga qo'l urdi. Sayfiev, Ibrohimov va Iskanderovning o'rniga Denisov, SHodiev va Tursunov kabi tajribali futbolchilar maydonga tushdilar. Denisov va Tursunov jamoamiz o'yinini kuchaytirishganini aytib o'tish lozim. Odatda biz Tursunovni o'ng qanotda ko'rar edik, bugun u chap qanotda harakat qildi. Aytish lozimki chakki chiqmadi. Rashidov esa chap qanotni to'liqligicha o'z qo'liga oldi. Bu bilan Mirjalol Qosimov nima uchun Galiulinni terma jamoaga jalb etmaganiga javob bergandek.



Anzur Ismoilov 76-daqiqada Eliasni qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun jarima maydonimiz yonida jarima to'pi belgilandi. Oday Al Sayfining bergan aniq va kuchli zarbasidan so'ng to'pni Ignatiy Nesterov mahorat bilan qaytarib yubordi. Odatda bu Ignatning eng og'riqli nuqtasi. Ko'p marotaba aynan mana shunday vaziyatlarda biz o'z darvozamizdan to'p olib chiqar edik. O'yinni Nesterov bir so'z bilan aytganda alo bahoga o'tkazdi.

Keyingi o'zgarishlar hujum chizig'ida bo'ldi. Nasimov o'rniga Alimov, SHodiev esa “Bunyodkor”dagi jamoadoshi Ibrohimov o'rniga maydonga tushdi. Bu o'zgarishlar o'z so'zini aytmay qolmadi. Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Sardor Rashidov o'ng qanotdan jarima maydoni yoniga Navro'z Alimovni to'p bilan taminladi. Zaxiradan maydonga tushganiga ko'p bo'lmagan yosh hujumchi bir urinishdayoq to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1.

Bahs aynan mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi va Mirjalol Qosimov shogirdlari Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishishdi.

O'zbekiston - Iordaniya 2:1
21 dekabr 2014. Dubay.
Hakamlar:
Muhammad Al Zaruniy, Ali Al Jasim Abdulla, Hasan Al Mehri, Muhammad Abdulla Hasan (barchasi BAA)
Gollar:
Oday Al Sayfi 16, - 0:1. Sardor Rashidov 30 penalti, - 1:1. Navro'z Alimov 87, - 2:1.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov (Bobur Yuldashev, 84), Egor Krimec, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev (Vitaliy Denisov, 67), Javlon Ibrohimov (Vohid SHodiev, 67), Temur Kapadze (S), Lutfulla To'raev, Jamshid Iskanderov (Sanjar Tursunov, 67), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov (Navro'z Alimov, 76).
Iordaniya: 1.Amir SHafi (S), 5.Muhammad Al Dmreyri, 3.Tariq Xattab, 11.Oday Zahran, 2.Ahmad Elias, 18.Solih Rateb  (17.Raja Ayad, 66), 15.Muhammad Dovud (6.Said Murjan, 46), 14.Abdulloh Dib (16.Samir Raja, 74), 7.Muhtor Abu Amara (4.Ahmad Sraiva, 46), 8.Oday Al Sayfi, 10.Ahmad Hayol (9.Mahmud Zatara, 65).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov 28.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика