So’nggi yangiliklar

11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  17 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  3 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3

Nonushtaga baliq va hech qanday alkogol. Ronaldu nima tanovul qiladi? Yangiliklar

Nonushtaga baliq va hech qanday alkogol. Ronaldu nima tanovul qiladi?

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
"Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu so'nggi ikki yil ichida CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi, terma jamoa bilan Evro-2016da zafar quchdi, klublar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi.

Ronaldu o'zining sport programmasini o'zgartirib, yana "Oltin to'p" egasiga aylandi. Bu yigitni anchadan beri bilamiz, u hamma kabi oddiy yigit edi, biroq CR7 o'z ustida ishladi, tanovul qiladigan ovqatlari borasida ham.

Ronaldu "Real"ga o'tganida klub direktori Xorxe Valdano quyidagi so'zlarni aytgan: "Agar kimdir Ronaldu kabi shug'ullanib, o'z sog'ligini nazorat qilmasa, u Krishtianudek tanaga ega bo'la olmaydi". "Qirollik klubi" Karlo Anchelotti bilan CHempionlar ligasida g'olib chiqqanida mutaxassis Ronalduning alkogol ichmasligidan hayron bo'lgan edi. O'yinlardan so'ng ko'pchilik futbolchilar bo'shashishni yaxshi ko'radi. Masalan, "Valensiya" futbolchisi Dani Parexo uchrashuvdan so'ng mikst-zonada doimo qo'lida "Fanta" bilan o'tadi.

Ronaldu to'lishishni yoqtirmaydi va yaxshi genlari uchun yaratgandan minnatdor, biroq mahsulotlarni etibor berib tanlaydi. Portugaliyalikning dietasi futboldagi formasini ushlab turadi. Mushak massasini o'stirish yoki kamaytirish uchun Ronaldu jamoasi turli uslublarni qo'llaydi: mashg'ulotlar, trenajor zalida individual mashg'ulot, tanovul qilish va dam olish rejimi. Krishtianu hamma narsaga etibor qaratadi. "U ideallikni yaxshi ko'radi, Ronaldu - perfekcionist" - degandi Zinedin Zidan Anchelotti qo'l ostida ishlagan paytida.

2015 yilda katta ekranlarga chiqqan "Ronaldu" filmi portugaliyalik oilasidagi nonushtadan boshlanadi. Ikki Krishtianu ustiga 3ta suv idish qo'yilgan katta stol atrofida o'tirishibdi, otasi apelsinlik freshni aralashtirmoqda, o'g'li oldida esa sariq sharbat to'ldirilgan grafin bor. Maktab va mashg'ulotlar yakunlanganidan so'ng, Ronaldu "otasidek kuchli bo'lish uchun" o'g'liga sut ichishni taklif qiladi. Futbolchining oilasi haqida yaqindan so'zlab bergan filmda Ronaldu nima tanovul qilishi aytilmagan. Stolda qandaydir likopchalar mavjud, biroq ular bo'sh.

Internetda Ronaldu dietasini sinab ko'rish taklif etilmoqda, ispan videoblogerlari bu haqida materiallar tayyorlashadi, chunki hamma CR7dek bo'lishni xohlaydi. Futbolchi 32 yoshida faoliyatini yakunlashga yaqin kelgandi, u o'zining sport hayotini davom ettirishga urindi va shu sababli jismoniy tayyorgarlik programmasini o'zgartirdi. Bu futbolchiga 2016/17 mavsum oxirida fantastik natija ko'rsatishga imkon berdi: CHempionlar ligasi chorak finalidan so'ng 10ta gol va Buffon darvozasiga oltin dubl.

30 yoshdan so'ng Ronaldu vazn tashlashni boshladi va har bir tug'ilgan kunini minus bir kilogram bilan nishonlashmoqda. Jismoniy holatning cho'qqisi o'tib ketdi, futbolchilik sifatlarini bir muddat saqlab qolish uchun esa mushak vaznini kamaytirish kerak. Bunda to'g'ri ovqatlanish, yuklamalar bilan rejali ishlash va tiklanish yordam beradi. "Sog'lom dieta - futbol o'yinining asosi hisoblanadi" - deydi Ronaldu. "Agar to'g'ri yoqilg'idan foydalanmasang, 100% tayyor bo'la olmaysan".


"Yoqilg'i"ning optimal receptini aniqlash uchun Ronalduga bir necha yil kerak bo'ldi, u "Manchester Yunayted" safida baliq va chipslarga o'rganib qolgan edi, keyinroq u dietani boshladi. Hozir Ronaldu o'ziga nima qancha kerakligini yaxshi biladi.


Ronalduning ovqatlanishdagi asosiy qoidalari

U kuniga 3 ming kaloriya tanovul qiladi. Dieta baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlaridan tuzilgan, ular faqat gril yoki duxovkada tayyorlanadi. Ronaldu hammasidan ham ko'proq onasi tayyorlaydigan dorado, dengiz balig'i va portugalcha bakalaoni yaxshi ko'radi. Bu haqda Portugaliya terma jamoasi oshpazi Elio Loureyro aytib bergan: "Bakalao, Krishtianuning sevimli taomi, buni har kuni tanovul qilib bo'lmaydi, chunki unda 500 kaloriya bor". Ronaldu baliqqa pomidorli salat qo'shishni xush ko'radi. Ronaldu tug'ilgan joy, Madeyrada, ko'plab tropik mevalar o'sadi, shu sababli portugaliyalik uchun eng yaxshi desert - mavsumiy mevalardan salat.

Uning toamlariga sous va garnirlar qo'shilmaydi. Sabzi, kesilgan tortilya va no'xatli guruch - etarlicha uglevodlarga ega. Ular mushak tiklanishini tezlashtiradi, suyaklarni mustahkamlaydi. Tovuq go'shti - oqsil. Bananli pishiriqda magniy ko'p bo'lgani tufayli organizm kamroq charchaydi.


Ronaldu ko'p suv ichadi, tushlikda esa nok, apelsin, ananas, olma va xatto limondan o'ziga sharbat tayyorlaydi. Pivo yoki vino - juda kamdan-kam holatlarda ichiladi. Krishtianuning otasi 51 yoshida alkogol bilan muammo tufayli vafot etgan, uning ukasi Ugo esa uzoq vaqt narkotikka bog'liqlik bilan kurashgan. "Agar u futbolchi bo'lmaganida, Ronaldu ham narkotikka o'rganib qolardi" - deydi futbolchining onasi, ammo Ronaldu sportni tanladi va oilasidagilarning tarixini eslab, deyarli alkogol ichmaydi. U bazida qimmatbaho vinolardan lazzatlanadi.

Ronalduning onasi ham o'g'liga ovqatlanish bilan yordam beradi. Ronaldu odatiy bo'lmagan joylarda tanovul qilishni yoqtirmaydi: Yaxshisi uyda yoki "Real" bazasida. SHu sababli uning restoranlardagi suratlarida likopcha bo'sh yoki juda kamtarin bo'ladi.

Futbolchining ovqatlanishi 6ga bo'lingan: U metabolizmni nazorat qilish va mashqlar uchun etarlicha kuch to'shlash uchun bir necha soat interval bilan tanovul qiladi.

Nonushta: "Odatda mevalar va non bilan nonushta qilaman, ichimliklardan suv va tabiiy sharbatlarni tanlayman. Mevalarni aralashtirishni yaxshi ko'raman". Ronaldu baliqni juda xush ko'radi, shu sababli nonushtaga bazida uni tanovul qilib turadi. Yana bir variant - baliq va pishloqli non.


Britaniyalik etakchi dietolog va "SHakarning tabbiy o'rnini bosuvchilar" kitobi muallifi Merilin Glenvil Ronalduning nonushtasiga quyidagicha baholaydi: "So'li yormasi non va boshqa pishiriqlardan foydaliroq. Ularda cellyuloza va ozuqa moddalari bor. Mevali sharbatni suv bilan 1:1 ko'rinishida aralashtirish va uni ovqat bilan ichish maqul, chunki shunda shakar bo'linishi sekinlashadi".

Ronaldu proteinli kokteyl va multivitaminlardan ham foydalanib turadi.

Futbolchining Irina SHeyk bilan ajrashishi portugaliyalikka foyda berdi. Rossiyalik model fastfud va shirinliklarni juda yaxshi ko'rar edi.

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика