So’nggi yangiliklar

22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  2 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  24 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  58 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  4 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  56

No'mon Hasanovdan Andrey Kanchelskisning kechagi gaplariga javob Yangiliklar

No'mon Hasanovdan Andrey Kanchelskisning kechagi gaplariga javob

"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha "Andijon" bilan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida klubda nima ishlar bo'lganini, "Lokomotiv" bilan o'yindagi holat achinarli ekanligi haqida fikr bildirdi.

Barchangizga malumki, Andrey Kanchelskis kasallikdan tuzalib jamoa boshqaruviga qaytguniga qadar uning yordamchisi No'mon Hasanov murabbiy sifatida maydonga olib tushayotgan edi. Xo'sh, aslida nima bo'lgan edi? Biz bu borada No'mon Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Paxtakor" bilan o'yinda durang o'ynadik, uchrashuvga jamoani o'zim tayyorladim. Hokim "Lokomotiv" bilan o'yinga ham o'zingiz tayyorlang dedi. Natijada raqibning o'yin uslubi va imkoniyatlaridan kelib chiqib taktika tuzdim, futbolchilarni qaysi chiziqlarga joylashtirishni ko'rib chiqdim. "Lokomotiv" bilan o'yinga 1-2 kun qolganda Kanchelskis Azim Ahmedovning joyini o'zgartirishni aytdi. Natijada o'zim istagan tarkibni tushurmadim. O'yin davomida amalga oshiriladigan zaxiralarni ham Kanchelskisning o'zi qo'ng'iroq qilib aytib turdi. 

Lekin, kecha matbuot anjumanida bo'lmagan gaplarni aytgani meni ranjitdi. Men murabbiyni yomonlamoqchi emasman, nima bo'lganda ham u bosh murabbiy, men yordamchi. "Lokomotiv" bilan o'yinga bitta futbolchini joyini o'zgartirish orqali taktika ham o'zgarib ketdi, futbolchilarni ruhiyati tushub ketdi. 

Mana, "Andijon" bilan o'yinga jamoani o'zi tayyorladi, o'zi taktika tuzdi. Azim Ahmedovni markaziy himoyaga qo'yishimni sababi, Igor Golbanni yonida o'ynaydigan futbolchi kerak edi. Yani "Loko"ni o'yin uslubidan kelib chiqib. Bilasiz, raqib safida Marat Bikmaev va Temurxo'ja Abduxoliqov kabi o'ta kuchli hujumchilar o'ynaydi. Maqsad ularning bemalol o'ynamasligiga qaratilgan edi. Bitta futbolchini joyi almashishi ko'p narsani o'zgartirib yuboradi. Markaziy himoyada esa muammolarimiz bor edi. "Andijon"ni yuta olmadik, shunday bo'lsada "Lokomotiv" bilan o'ynni kavlashtirib keraksiz gaplarni aytish shart emas edi. Hozir aybdor men bo'lib qolayotganim tushunarsiz holat. Har qanday holatda ham erkaklarcha ish tutish kerak",- deydi No'mon Hasanov.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика