No'mon Hasanov: "Zaxiradan tushganlar o'yinni o'zgartirib yuborishdi"
07 apr 2016 07:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203930_original.jpg)
![](/upload/storage/203930_220.jpg)
No'mon Hasanov: "Zaxiradan tushganlar o'yinni o'zgartirib yuborishdi"
Amir GALENOI ("Traktorsozi" bosh murabbiyi): - Bugun muxlislarning qo'llashi sababli qulay sharoitga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda Surush Rafeiyni maydonga tushirgach, yaxshiroq o'ynay boshladik.
Himoyada juda faol o'ynadik va raqibga birorta yaqqol imkoniyat yaratishga imkon bermadik. Hozir 9 ochkoga egamiz va 90 foizga keyingi bosqichga chiqdik deb hisoblayman. Futbolchilar juda ajoyib o'yin ko'rsatishdi.
No'mon HASANOV ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - O'yin yaxshi kechdi va mezbonlar bizga qaraganda omadliroq bo'lishdi. Keyingi bahslarda yaxshiroq o'yin namoyish etishga intilamiz.
"Traktorsozi" endi nimchorak finalga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Mezbonlarda zaxiradan tushirilgan o'yinchilar bahsda o'zgarish yasashdi. Ular ajoyib ishqibozlarga ega kuchli jamoa.
Ular ikkinchi bo'limda umuman boshqacha harakat qilishdi. Bunga muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sabab bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar