So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

No'mon Hasanov: "Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi"

“Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va “Qo'qon-1912” etakchilaridan biri O'tkir Yusupov qatnashishdi.

No'mon Hasanov: - O'yin chiroyli, shiddatli ruhda bo'ldi. Futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Barcha borini berib harakat qildi. Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi. VIDEO Faqat gol o'tkazvorgan vaziyatda futbolchilarimiz biroz koncentraciyani yo'qotishdi. Bugun durang o'ynagan bo'lsak-da, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Bugungi o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Takror aytaman, superligadagi har bir uchrashuv shunday shiddatli o'tadi. Bunga bugun yana bir bor guvoh bo'ldik.

Jamoam bugun ikki taymda ikki xil taktikada o'ynadi. Albatta o'ng qanot himoyasida Murod Holmuhammedovning yo'qligi bilindi.

Oybek Rustamov terma jamoadan keldi, balki shuning uchun biroz kirishib ketishi qiyin bo'lgandir. Oybek yaxshi futbolchi.

O'tkir Yusupov: O'yin muxlislarga yoqdi, deb o'ylaymiz. Murabbiylarimiz ko'rsatmalarini bajarishga intildik. Lekin xatoga yo'l qo'ydik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi bahslarda ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика