So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

No'mon Hasanov: "Nikolichni tushurib xato qilibman" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Nikolichni tushurib xato qilibman"

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (2:2) uchrashuvi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Muxlis ko'zi bilan qaraganda, tomoshabop o'yin bo'ldi. Ikki tomon ham ko'plab vaziyatlarga ega chiqdi. Bugun bundanda ko'proq gollar urishimiz yoki o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. "Lokomotiv" mavsum boshidan buyon bizdan ko'proq o'yinlarda qatnashdi. SHu boisdan jamoaning ayrim futbolchilari toliqib qolgani ko'rindi. Bugun ikki tomon ham vaziyatlardan foydalana olmadi. Ochiq o'yin tomoshabinlarga yoqqan bo'lsa kerak. 

- Birinchi bo'limda jamoa yaxshi o'ynadi, biroq yakuniy zarba etishmadi. Ikkinchi bo'limda esa sekinroq o'yin bo'ldi. Jamoaning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Birinchi bo'limda tezkor gol bizga tasir qildi. SHuningdek, o'yin oldidan jamoa etakchisi Murod jarohat oldi. Bu yigitlarga tasir qildi, albatta. Ammo shunda ham futbolchilar o'zlarida kuch topa olishdi. 2:0dan keyin tezkor javob berganimiz yakuniy natija uchun yaxshi xizmat qildi.

- Markazdagi futbolchilarga alternativ yo'qmi?
- Javohir Sidiqovdek futbolchini topish qiyin bo'lmoqda. Iqbolga ochil-ochil demasam, buyruq bermasam bo'lmayapti. O'yinni uning o'zi o'qishi, vaziyatni ko'rib turishi kerak. O'yin davomida u nima qilishni bilmayapti. Mening buyruqlarimni esa raqib futbolchilari ham eshitib qolmoqda. O'tgan mavsumda Sidiqov va Yusupov jamoaga katta foyda keltirayotgandi. Endi esa ularsiz yigitlarga qiyin bo'lmoqda. Yaqin vaqtlarda yana o'z maydonimizga qaytamiz va o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz.

- Jamoa ikki mavsum bu maydonda mag'lub bo'lmadi. "Lokomotiv"ning o'yinida o'zgarishlar bormi?
- Bugun ular charchab qolgani ko'rinib qoldi. "Lokomotiv" futbolchilarini yaxshi taniyman. Negadir ular bugun ortda ko'proq o'ynashdi. Ular bunchalik o'ynamasdi. Bilmadim nega unday... Albatta, o'tgan yili jamoaning tarkibi kuchli edi. Bu mavsum esa yangi futbolchilar tarkibga jalb qilindi. Jamoada 2-3 yil o'ynagan futbolchilar bilan ishlash oson. Biroq yangilarni jamoaga moslashtirish qiyin. Bu jamoaga ham biroz vaqt kerak.

- Murod Holmuhamedov o'rniga Nikolich maydonga tushgandi. Keyinchalik u jarohat oldi va almashtirildi. Bu rejalarga qanchalik o'zgarishlar berdi?
- Miloshni tushurib, xato qilgan ekanman. Uni o'zgartirganimdan keyin o'yin tizgini biz tomonga o'tdi.

- Jamoaning bo'sh nuqtasini ayta olasizmi?
- Bizda barcha nuqtalarda kamchiliklar bor. Bizga yaxshiroq futbolchilar kerak edi. Mavsum oldidan bir francuzni jamoaga olib kelgandim. Ammo uning ishlari o'xshamadi va jamoadan ketib qoldi. Oybekni markazga qo'ydim, keyin almashtirdim. Dastlabki o'yinlarda Murodni tayanchda o'ynatdim. U va Milosh birgalikda tandem bo'lishdi. Ammo ularda tezlik yo'q. SHuning uchun, bu erga Oybekni qo'ydim. U yosh, shu boisdan ko'proq yugurib, harakat qila oladi. Oybek olimpiya termasida tayanch himoyada o'ynaydi. Men esa uni himoyada o'ynatyapman. Endi men ham terma manfaatini o'ylashim kerak.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика