So’nggi yangiliklar

09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  7 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  7 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1

No'mon Hasanov "Navbahor" muxlislaridan uzr so'radi Yangiliklar

No'mon Hasanov "Navbahor" muxlislaridan uzr so'radi

"Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (1:2) so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Ko'rdingiz, jamoamiz o'yinga to'liq tayyor edi. Hujumkor o'yin ko'rsatdik, "Nasaf" jamoasi ko'proq qarshi hujumda o'ynadi. Ikkala jamoa ham yaxshi taassurot qoldirdi. Muxlislarga tashakkur aytaman, stadionni to'ldirib bizni qo'llab-quvvatlashdi. Golimiz ham muxlislarning goli bo'ldi. Taqdir ekan, maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. CHempionatda ham muvaffaqiyatli ishtirok etolmadik, kubokni ham erta tark etdik. SHu tufayli futbolchilar, butun jamoa nomidan muxlislardan uzr so'rayman.

— Ikkinchi taymda "Navbahor"ga gol kerak bo'lgan paytda jamoaning asosiy o'yinchisi Ivan Solovyov himoyadan oldinga o'tishga majbur bo'ldi. Bu holat himoyadagi bo'shliqlar bilan bog'liqmi yoki sizning taktik topshirig'ingizmi?

Yo'q, himoyadagi o'yinchilarimiz o'z joyida edi. Solovyov bugun yomon o'yin ko'rsatmadi. "Nasaf" chap qanotimiz kuchli ekanini bilgan holda alohida tayyorlangan ekan. Ivan ham himoyadagi sheriklariga yordamlashish uchun orqaga qaytishga majbur bo'ldi. 

— Asosiy vaqtning oxirida hisob tenglashganidan keyin penaltilar seriyasi haqida o'ylaganmidingiz?

Yo'q. Seriyani kutmadim. Futbol-ku bu, bir daqiqa qolganda ham hisob o'zgarib ketishi mumkin. Yigitlardan bo'shashmaslikni, birinchi navbatda gol o'tkazib yubormaslikni so'radim. Ko'p yigitlar charchab qolishdi. Azim Ahmedovning mushaklarida ham og'riq paydo bo'lib, almashtirishimizni so'radi, ammo zahira imkoniyati qolmagan edi.

— Keyingi bosqich haqida savol bermoqchiman. Yarim finalga qura tashlandi. Siz oldin faoliyat yuritgan "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladigan bo'ldi. Bu o'yinda nimaning hisobiga "Paxtakor"ni mag'lub qilish mumkin?

Biz qo'qonliklar bilan o'ynadik. Barcha maydon haqida gapiryapti, lekin maydon tekis. "Paxtakor" bunday stadionda bemalol o'ynay oladi. "Qo'qon-1912" so'nggi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. CHiroyli o'yin bo'ladi, hali kimning g'alaba qozonishi aniq emas.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика