So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  5 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  7 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  17 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  16 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  14 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  18

No'mon Hasanov: "Nasaf"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rdik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Nasaf"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rdik"

O'zbekiston superkubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Paxtakor" bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Ertaga bizni juda muhim bahs kutib turibdi. Har ikkala jamoa ham bir-birini juda yaxshi biladi. Ertangi uchrashuvda bosh maqsadimiz g'alaba qozonish. Biz bu mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'zbekiston superkubogi oldidan har ikkala jamoalarda g'oliblikni qo'lga kiritish uchun imkoniyatlar teng deb o'ylayman. Bu kabi uchrashuvlarda birgina gol hamma narsani hal etishi mumkin. Ertaga kim yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi.


- Ertaga yangi futbolchilarni maydonga tushirasizmi?

- Biz yangi mahoratli futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik. Suhrob Berdiev, Oybek Qilichev, Temur Jo'raev singari futbolchilar qo'shilishdi. Umuman olganda ushbu futbolchilar ham maydonga tushishga tayyor. Tarkibimizni tark etgan futbolchilar bilan yaxshi munosabatda xayrlashdik. Lekin hozirgi mavjud futbolchilarimiz ham yomon emas. "Paxtakor" asosan yoshlarga tayanib o'ynaydi. Biz yoshlarga imkoniyat beramiz. Men jamoamizga ishonaman.

- "Nasaf"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rildimi yoki umumiy tayyorgarlik olib borildimi?

- Albatta biz bu jamoaga qarshi alohida hozirlik ko'rdik. Ularning o'yinlarini o'rganib chiqdik. "Nasaf" odatda ochiq va hujumkor futbol ko'rsatadi. Biz raqibni diqqat bilan o'rganib chiqdik.

- "Nasaf"ga qarshi bahsda Temur Jo'raevga imkoniyat berasizmi yoki Ribkin maydonga tushadimi?

- Jamoamiz darvozasini ertangi o'yinda Ribkin qo'riqlaydi.


SHerzod Karimov: Biz O'zbekiston superkubogini qo'lga kiritishni xohlaymiz. Ertaga muxlislarimizga g'alabani taqdim etamiz degan umiddaman. Biz o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va bahsga tayyormiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика