So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

No'mon Hasanov: Muxlislar doim haq​ Yangiliklar

No'mon Hasanov: Muxlislar doim haq​

O'zbekiston kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Neftchi” uchrashuvidan keiyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoa ustozi No'mon Hasanov va jamoa etakchilaridan biri Murod Xolmuhammedovlar qatnashdi.

No'mon Hasanov: — Uchrashuv juda qiziqarli bo'ldi. “Neftchi” ham oxirgigacha kurashdi. Oldingi ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchraganimiz uchun bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Bugun buning uddasidan chiqdik. Muxlislarimiz ham to'g'ri tushinishlarini istardim. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Lekin har qanday holatda ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlash lozim. Biz har doim ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonga tushamiz. Muxlislar doim haq ,men ularni fikrlarini qadrlayman. Biroq unutmaylik bugun tarkibimizda o'ynayotgan futbolchilarni Qo'qon futbolini rivojlanishiga  anchagina  hissasi qo'shildi.

Muxlislarimiz bizni har doim qo'llab-quvvatlab turishsa, bizga ham osonroq bo'lar edi. Futbolchilar va muxlislar bir oila bo'lishlari kerak.

—Bugungi o'yinga futbolchilarni ruhan qanday tayyorlay oldingiz ?

Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni bugungi bahsga tayyorlash oson bo'lmadi. Iloji boricha harakat qildik. Muxlislar klubi azolari bilan futbolchilar uchrashgani ham yaxshi bo'ldi.Men har qancha ko'rsatma bermay , maydonga tushib o'ynaydiganlar futbolchilardir. SHuning uchun ularni hamisha olqishlab turish darkor. Muxlislarimizdan iltimos futbolchilarni har doim qo'llab turishsa nur ustiga nur bo'lar edi. 

Qolaversa, hakamlarimizdan ham iltimosim bor. Ular ham o'yindagi vaziyatlarga yanada etiborliroq bo'lishsa. “Qizilqum” bilan bo'lgan o'yinni takror ko'rib chiqqanimizda, yaqqol penalti bo'lgan 2 vaziyatda hakam penalti bermaganini ko'rdik. Bizning darvozamizga esa ikkilanmay penalti belgilashyapti. 

Murod Xolmuhammedov: — Qiyin o'yin bo'ldi. Futbolchilar ruhan tayyorlangandik. Navbatdagi derbi oldidan bizga g'alaba zarur edi. Maqsadimizga erishdik. Murabbiymiz atyganidek har doim muxlislarimiz uchun o'ynaymiz. Namanganda ham g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bizni og'ir kunlarimizda yonimizda turgan muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Namanganda ham bizni muxlislarimiz yolg'izlatib qo'ymasliklariga ishonaman. Biz ham ularni xursand qilish uchun borimizni beramiz deb ishontiraman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика