No'mon Hasanov: “Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz”
05 noy 2018 20:50
Yangiliklar


No'mon Hasanov: “Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz”
Superliga 29-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida No'mon Hasanov va Muhammadanas Hasanovlar qatnashishdi.
No'mon Hasanov:- O'yin asabiy tarzda boshlandi. Tezkor gol o'tkazib yubordik. SHundan keyin vaziyatni o'nglash uchun katta kuch sarfladik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zimiz tomonga og'dara oldik. Oldinda bizni uchta murakkab o'yin kutib turibdi. Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bugun ular bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik izhor etaman.
Muhammadanas Hasanov: - Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik. Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarimizga bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar