So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  7 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  8 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

No'mon Hasanov: "Ertangi o'yinda biz favoritmiz, sababi uyda o'ynaymiz" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Ertangi o'yinda biz favoritmiz, sababi uyda o'ynaymiz"

"Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida No'mon Hasanov qatnashdi.
“Ertaga muhim o'yin bo'lib o'tadi. Guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu o'yinda biz g'alaba uchun kurashamiz. Futbolchilar bahsga to'liq tayyorlar”, - deydi No'mon Hasanov.

“Eron chempionatida o'ynaganman. Klublarini juda yaxshi bilaman. Bu jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. Oliy ligani boshlab oldik”, - deydi Oybek Qilichev.



- Raqibni qanchalik o'rgandinglar?
- Albatta, bu borada “Traktorsozi”ni yaxshi o'rgandik. Raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdik. 6, 66, 10 va 24-raqamdagi futbolchilar xavfli ekan. Tabiiyki ular ham bizni o'rganishgan. Eron futboli asosan kurashga etibor qaratilgan.

- Davron Hoshimovning o'rnida kimni ko'rayapsiz?
- Hozir aynan kimni tushishini ayta olmayman. Ko'z tegib qolishi mumkin. Ammo ishonch bilan aytamanki o'ng qanotda o'ynaydigan futbolchini aniqlab oldik.  Kamoliddin Tojievni sinab ko'rdim, ammo ertaga u bu joyda harakat qilmaydi.



- “Traktorsozi” haqida qanday fikrdasiz?
Oybek Qilichev:
- Bu jamoaga qarshi “Paykon” safida o'ynaganman. O'shanda hisob ochilmagandi. Eronda birinchi o'rindagi jamoa oxirgi o'rindagi jamoaga yutqazib qo'yishi mumkin. Bundan tashqari futbolchilarning kayfiyatiga ham bog'liq.

- Ertaga ochiq futbol namoyish etasizlarmi?
- Turli variantlarni o'ylab qo'yganmiz. Hujum qilishga va gol urishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz gol o'tkazmaslik. Bu to'qnashuvda biz favoritmiz, sababi o'z uyimizda o'ynaymiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика