No'mon Hasanov: "Ertangi o'yinda biz favoritmiz, sababi uyda o'ynaymiz"

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 15:54
"Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida No'mon Hasanov qatnashdi.
“Ertaga muhim o'yin bo'lib o'tadi. Guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu o'yinda biz g'alaba uchun kurashamiz. Futbolchilar bahsga to'liq tayyorlar”, - deydi No'mon Hasanov.

“Eron chempionatida o'ynaganman. Klublarini juda yaxshi bilaman. Bu jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. Oliy ligani boshlab oldik”, - deydi Oybek Qilichev.



- Raqibni qanchalik o'rgandinglar?
- Albatta, bu borada “Traktorsozi”ni yaxshi o'rgandik. Raqibning o'yinlarini ko'rib chiqdik. 6, 66, 10 va 24-raqamdagi futbolchilar xavfli ekan. Tabiiyki ular ham bizni o'rganishgan. Eron futboli asosan kurashga e'tibor qaratilgan.

- Davron Hoshimovning o'rnida kimni ko'rayapsiz?
- Hozir aynan kimni tushishini ayta olmayman. Ko'z tegib qolishi mumkin. Ammo ishonch bilan aytamanki o'ng qanotda o'ynaydigan futbolchini aniqlab oldik.  Kamoliddin Tojievni sinab ko'rdim, ammo ertaga u bu joyda harakat qilmaydi.



- “Traktorsozi” haqida qanday fikrdasiz?
Oybek Qilichev:
- Bu jamoaga qarshi “Paykon” safida o'ynaganman. O'shanda hisob ochilmagandi. Eronda birinchi o'rindagi jamoa oxirgi o'rindagi jamoaga yutqazib qo'yishi mumkin. Bundan tashqari futbolchilarning kayfiyatiga ham bog'liq.

- Ertaga ochiq futbol namoyish etasizlarmi?
- Turli variantlarni o'ylab qo'yganmiz. Hujum qilishga va gol urishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz gol o'tkazmaslik. Bu to'qnashuvda biz favoritmiz, sababi o'z uyimizda o'ynaymiz.

Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia