No'mon Hasanov: "Durang natijadan qoniqdik"
02 apr 2016 08:28
Yangiliklar
No'mon Hasanov: "Durang natijadan qoniqdik"
"SHakllangan jamoaga qarshi o'ynadik. "Buxoro" safida kuchli futbolchilar jamlangan. Jamoa muxlislariga ham qoyil qoldim. O'yinda vaziyatlardan foydalana olmadik. Uchrashuv chiroyli bo'ldi deb o'ylayman. Jamshid Iskanderov jarohat olib safdan chiqdi. SHunga qaramay yigitlar qo'llaridan kelganiga harakat qilishdi", - deydi No'mon Hasanov.
"Igor Sergeev olimpiya terma jamoasida o'ynadi, OCHLda barcha o'yinlarda gol urmoqda. Terma jamoada ham ikkita uchrashuvda harakat qildi. Bugun ham u jonini berib o'ynadi. "Buxoro" ham juda yaxshi o'ynadi, yana bir kuchli klub paydo bo'lganidan xursandman. Raqib safda zaxirada o'tirgan futbolchilar ham tajribali o'yinchilar hisoblanishadi".
"Azim Ahmedov bugun tayanch yarim himoyasida emas, hujumchi ortida o'ynadi. Sababi Iskanderov uzoq muddatga safdan chiqdi", - deydi Hasanov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar