So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  12 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Nolito: “Evro-2016ga borsam ajoyib bo'lardi” Yangiliklar

Nolito: “Evro-2016ga borsam ajoyib bo'lardi”

Teglar :  Nolitointervyu
Nolito La ligada joriy mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi.


“Selta” uning yordamida CHempionlar ligasi pog'onalari uchun kurashmoqda. “Four Four Two” jurnaliga bergan intervyusida grand jamoalar etiborini tortgan hujumchi faoliyati haqida savollarga javob qaytardi.

- O'tgan mavsumda 13 gol urib, 11 golli to'p oshirishni hisobingizga yozdingiz. Joriy mavsumni qanday kayfiyatda boshladingiz?

- Juda xursand bo'ldim, lekin yanada ko'proq narsaga erishishni istayman. Ushbu mavsumda biz raqobatbardoshmiz va bir safar turnir jadvalini boshqarib turdik.

- Ushbu mavsum nimasi bilan ajralib turibdi?

- Yago Aspasning “Liverpul” va Jon Gvidettining “Manchester Siti”dan kelishi bizga hujumda kuch taqdim etdi. Mavsumning birinchi yarmini ajoyib o'tkazdik. Jamoa o'ziga va amalga oshirayotgan narsalariga ishonmoqda.

- Evropa chempionatiga boraman deb o'ylaysizmi?

- Buni taxmin qilish qiyin, lekin nega yo'q? Harakat qilaman. Hayotda orzu qilish kerak. SHunday yaxshi o'ynashda davom etsam va Del Boske meni terma jamoaga chaqirsa, ajoyib bo'lardi. Mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bilan o'ynash faxrdir. Bunday bo'lishi to'g'risida hech qachon o'ylamaganman.

- Ispaniyaning janubiy qirg'og'i Kadisda o'tgan bolalik haqida nimalarni eslaysiz?

- U erda hayotimdagi eng yaxshi damlarni o'tkazganman. Sankular ko'chalarida do'stlarim bilan o'ynardik. Meni bobom va buvim katta qilgan, tog'am va xolam menga xuddi aka va opadek. Har yili bobomning oldiga boraman, chunki u meni mashg'ulotlarga olib borardi. U qattiqqo'l edi. SHu sababli hozirgidek inson bo'lib etishdim. Uning uchun har kuni nimalarnidir o'rganaman va ishlayman. Faoliyatimning yaxshi damlari hali oldinda.

- Siz ham bobongiz kabi dengizchimisiz?

- SHunaqaroq. Menga suzish yoqadi, faqat yozda va havo yaxshiligida. Bo'ron paytida dengizga tushmayman. Men va akam Xesus oldin bobom bilan qayiqda baliqchilik qilardik. Menga bu yoqardi, lekin qiyin kasb. Pul ishlab topish uchun ko'p mehnat qilishga to'g'ri keladi.

- Siz kabi ko'cha futbolchilari tarixdan joy olyaptimi?

- Ha, bu haqiqat. Uyali telefonlar, o'yinlar va shu kabi narsalar tufayli bolalar uydan kam chiqishmoqda. Sankulardagi eski ko'chalarda hozir 3-4 bolani ko'rish mumkin. Avval ularning soni 20 nafardan ortiq bo'lardi. Har yozda o'rtoqlarim bilan ko'chada charchamagunimcha o'ynardim. Har mavsum oxirida yigitlarga “Selta” libosini beraman. Qadrdon do'stlarimga sovg'a berishni yoqtiraman.

- “Valensiya”ga 15 yoshda o'tgansiz. Qiyin bo'lganmi?

- Ha. Sankularda boshqacha yashardik, odamlar bir-biriga yaqin, ko'pchilik ko'chalarda suhbatlashadi. Uyni bola paytimda tark etganman. Lekin nima xohlayotganimni bilardim. U erda ikki yil bo'ldim va ko'p narsalarni o'rgandim. Go'sht sotuvchiga yordamchi bo'lib ishlashimga ham to'g'ri kelgan. Go'shtni kesardim, mijozlarga xizmat qilardim, polni yuvardim, keyin poezdga chopardim. Bu foydali mashg'ulot bo'lgan.


- Uyga qaytgach, 2008 yil “Barselona-B”ga o'tdingiz. Bu yana bir orzuning ushalishi bo'lganmi?

- Bu orzularimning cho'qqisi edi. Oilam “Barsa”ga muxlislik qiladi va bu klub bilan shartnoma tuzaman deb o'ylamaganman. Murabbiy bilan gaplashdim va ish hal etildi. U erda mashg'ulotlarda men tasavvur qilmaydigan uslublardan foydalanishardi. Bu faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan bo'lgan. “Barselona”da 3 yilda ancha o'sishga erishdim.

- Nima uchun 2013 yil “Benfika”da yarim yil o'ynagach, “Selta”ni tanladingiz?

- “Selta”ga Luis Enrike sababli o'tganman. U menga qo'ng'iroq qilib, shartnoma tuzishga ko'ndirishga urindi. Mashg'ulotlarda u men bilan shaxsan gaplashardi. Bir safar yaxshiroq harakat qilib, 6 kilogramm vazn tashlashimni aytdi. CHunki La ligada qanot futbolchilari ozg'inroq edi. O'shandan buyon ovqatlanishimni nazorat qilaman va bu menga foydaga ishlagan.

- Siz flamenko (ispancha musiqa va raqs)ning ashaddiy shaydosisiz. Kimni tanlaysiz: Romario yoki Kamarona de Isla?

- Kamarona de la Islu. Ha, futbol o'ynayman, lekin mashg'ulotga chiqishgacha flamenko tinglayman. Imkonim boricha koncertlarga tashrif buyuraman va uyimda kechalar tashkil qilaman. SHunda undan yanada ko'proq zavq olaman. Romario - kumirlarimdan biri, uni yaxshi ko'raman. Lekin kim bilan ko'proq tanishishni istashim borasida Kamaronani birinchi navbatda takidlagan bo'lardim.

- “Boy eng ko'p bor emas, balki kam narsaga muhtoj inson”. Buni siz aytgansiz. Tushuntirib berasizmi?

- Hamma pulni yaxshi ko'radi, bazilar boshqalardan ko'proq. Pullar bilan yashash oson, lekin ular insonni baxtli qilmaydi. Oldin menga maoshi yaxshi takliflar kelib tushgan, lekin shunday ketishim insofdan bo'lmasdi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика