Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Turkiya o'tgan mundialdagi final uchun Angoladan revansh oldi
10 okt 2022 08:35
Yangiliklar


Nogiron-amputantlar o'rtasidagi JCH-2022. Turkiya o'tgan mundialdagi final uchun Angoladan revansh oldi
Final “Galatasaroy” stadionida bo'lib o'tdi va unda mezbonlar 4:1 hisobida Angolani taslim etib, ilk bor dunyoning eng yaxshi jamoasiga aylanishdi.
Malumot o'rnida, Turkiya bungacha 4 marta bronza (ketma-ket 2007, 2010, 2012, 2014) medalini qo'lga kiritgan va o'tgan jahon chempionatida finalda Angolaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Evro-2021 finalida esa Ispaniyani 6:0 hisobida engib, qita birinchiligida bosh sovringa ega chiqqan.
O'zbekiston terma jamoasi esa Gaitini 4:2 hisobida engib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Vakillarimiz bungacha 1990 (AQSH), 1991 ( O'zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallariga ega chiqishgan bo'lsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o'rinlarni band etishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar