So’nggi yangiliklar

20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  1 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7

NODIRXO'JA Yuldashev: “AKCIYA DAVOMIDA 50 000 000 SO'MDAN ORTIQ PUL TO'PLANDI” Yangiliklar

NODIRXO'JA Yuldashev: “AKCIYA DAVOMIDA 50 000 000 SO'MDAN ORTIQ PUL TO'PLANDI”

Xabaringiz bor, Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlab xayriya akciyasi o'tkazildi.

24 oktyabr kuni boshlangan akciyaning finali 29 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. Bir oydan oshiq vaqt davomida davom etgan tadbirni gazetamiz muntazam yoritib bordi. Xo'sh, akciyada ko'zlangan maqsadga erishildimi? SHu va boshqa malumotlar haqida loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev quyidagilarni malum qiladi.

“Avvalo loyihani qo'llab-quvvatlagan barcha-barchaga rahmat, shu jumladan gazetaga va uning o'quvchilariga ham. CHunki gazeta orqali xabar topib akciyada qatnashganlar ko'p bo'ldi. Kim 20 000 so'm, yana kim 50 000. Bu xayriya akciyasi bo'lganligi uchun aniq stavka yo'q edi, hamma ko'ngildan chiqarib berdi”, - deydi suhbatdoshimiz gap boshida.

– Boshidan boshlasak, akciyani tashkil etish fikri qanday keldi?
– Endi-endi faoliyatimni boshlayotgan paytim, futboldagi ustozlarimdan biri Baxtiyor aka SHirinov SHaxrisabzga, o'z uyiga tadbirga taklif qilgan edilar. Ko'pchilik bo'lib bordik, Yakkabog' u erga yaqin emasmi, Kamoliddin akani ko'rgani uylariga bordim. Bu 2007 yil edi. SHu-shu, oradan 7 yil o'tib, shu yilning fevral oyida “12 oy, 12 viloyat” loyihasi tufayli yana SHahrisabzga bordik. Aslida maqsadim intervyu olish edi. Kenjaevni xonadoniga tashrif buyurganimda, 7 yil avvalgi Kamoliddindan asar ham qolmapti. Ruhan tushkun edi, kayfiyati yo'q. Intervyu olishga botina olmadim. SHunda o'ylab yurdim, “Nasaf” rahbarlari bilan uchrashib, ko'nglini ko'tarish uchun bironta tadbir o'tkazmasak bo'lmasdi. Mart oylarida reja tuzgandek bo'ldik. Lekin boshida hammasi qolib ketdi.

– Mart oyida tuzilgan reja nima uchun amalga oshmadi? Yarim yil o'tib qandaydir bir oy ichida katta tadbir bo'lib ketdi?

– To'g'ri, hammasi gap bilan qolib ketayotgani uchun o'zimdan xafa ham bo'ldim. Boisi bu haqda Kenjaevning o'ziga ham etkazib qo'ygan edik. Qolaversa, Mirjalol Qosimovga ham aytib ulgurgandik. Boisi, terma jamoamizning roli bu akciyada katta bo'lishini bilardik. CHempionat yakunlanib borayotgan bir payt, Aleksandr Geynrix shu mavzuda gap ochib qoldi va u bilan uchrashib yana bir bor loyihani jonlantirishga qaror qildik. Ishni Qosimov bilan uchrashish bilan boshladim. Boisi MTJning Osiyo Kubogidan oldingi rejasi biz uchun juda muhim edi. Akciyada MTJ futbolchilari qatnashadi degan gap, uning salobatini oshirardi. Buni marketing desa ham bo'ladi. Keyin Ro'ziqul Berdievning yordami kerak bo'lardi. Poezdga bilet oldim-u “Nasaf” rahbarlari bilan uchrashuvga otlandim. Ular loyihamizni to'liq qo'llab-quvvatladilar. “Nasaf” shu kungacha Kamoliddinga doimiy ravishda maosh berishadi. Buning uchun ularga rahmat aytishimiz kerak.

– Bilishimizcha, Qarshidagi tadbirga “Nasaf” bosh-qosh bo'ldi.
– Huddi shunday, shuningdek, muxlislar klubining faoli Ziyodulla aka Safarov keng hajmdagi ishni amalga oshirdilar. “Nasaf”dan SHamil Yarulin, Vitaliy Ni, bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev va jamoa matbuot kotibi Aziz Nuriy, Qarshida bo'lib o'tgan tadbirni to'laligicha o'zlari o'tkazdilar. Maxsus futbolkalar tiktirildi. Ro'ziqul Berdiev sardorligida retro tarkib yig'ildi.

– Har bir ishni boshlayotganda kishining qandaydir bir maqsadi bo'ladi. Sizlardagi maqsad yoki vazifa nima edi?
– Avvalo Kamoliddin akaning kayfiyatini ko'tarish, ruhiy yordamga muxtoj edi. Keyin esa tabiiyki,  imkon qadar moddiy yordam ko'rsatish. Minimum vazifa Qarshidan uy olish va unga etadigan mablag'ni yig'ish bo'ldi. O'zi Qarshi markazidan 100 km. olisda turgani bois, qish kunlari shaharga chiqishga qiynalar ekan. SHunga bitta uy bo'lsa yomon bo'lmasdi degan fikrga keldik. Buning uchun kamida 80-90 million so'm atrofida pul yig'ishimiz kerak edi. Bu borada Qashqadaryodagi “Asaka bank” filiali bilan hamkorlikda Kenjaev nomiga hisob-raqami ochdik. Bizni qo'llab-quvvatlagani uchun bank mamuriyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tgan bo'lardim.

– Rejadagi pul yig'ildimi, akciya boshlangandan keyin ko'pchilik unda ishtirok etishni bildirdi?
– CHet el safarlarida bo'lar ekansan, uch kun o'tmay O'zbekistonni sog'inasan kishi. Bu shunchaki laganbardor gap emas. Haqiqatdan ham O'zbekistonga o'xshashi yo'q! Bizning xalq hech qachon birovni chetga tashlab qo'ymagan, akciyani boshlayotganimizda mana shu omillarga ham etibor qaratgan edik. Akciya boshlanishi bilan birinchilardan bo'lib Ahmedov aloqaga chiqdi, keyin Murzoev va Salomov, Malayziyadan SHarofetdinov va Eronga o'tgan Nasimov. Baqoev va Denisov. Ko'pchilik futbolchilar bilan shaxsan tanishligim ish berdi, qolganlariga o'zim qo'ng'iroq qildim. Hech biri yo'q demadi. Sayt va gazeta o'quvchilari, klublar o'z yordamlarini bera boshlashdi. Mirjalol Qosimov esa MTJ va o'zining nomidan katta xayriya qilib ketdi. Baxtiyor Ashurmatovga ham katta rahmat! SHkviringa esa tasanno aytaman. “Paxtakor” qo'llab-quvvatladi,  shuningdek  “Mashal” va “Nasaf” ham. Birinchi ligadan chiqqan “Qo'qon-1912” jamoasi. Muxlislar klubi sardori Abdurahmon Fozilov ham moddiy, ham manaviy tarzda o'z yordamini ayamadi. “Joma” kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy dileri Sanjar Usmonov esa akciyada ishtirok etgan barchaga maxsus futbolkalarni taqdim etdi. Jami, 51 000 000 so'mdan ortiq mablag' yig'ildi. Ammo bu hali hammasi emas. Ko'plab klublar dekabr oyiga kelib hisob kitobni yakunlaydilar. SHuning uchun aksar klub murabbiy va futbolchilari dekabr oyining oxiriga qadar kutib turishni iltimos qilishdi. Hali Toshkenga kelib ulgurmagan legionerlarimiz ham biroz vaqtdan so'ng uchrashishga vada berdilar. Kenjaevdan ko'ra o'zim ko'proq xursand bo'ldim, to'g'risi. Yana qolgan pullarni yig'sak, yangi yildan keyin yangi xonadonda palov eymiz.

– Toshkentdagi tadbirdan ko'nglingiz to'ldimi?
– Ha desa ham bo'ladi, yo'q desa ham. CHunki xayriya akciyasiga birovni taklif etmaysiz. Bu tug'ilgan kun emaski, unga taklifnoma yuborsangiz. Tadbir yakuniga etganidan keyin bazilar xafa ham bo'ldi. Meni aytmading deb, aytganlar orasida kelmagan “rahbarchalar” bo'ldi. Lekin, mehmonga kelganlar orasida, uncha-muncha tadbir tashkilotchilari eshiklarida navbat turadigan kishilar ham bo'ldi. Ularga mingdan-ming rahmat aytishim mumkin. Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo'yicha birinchi muovini Murod Aliev, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, terma jamoalar markazidan Asqar Tolibjonov va Rustam Akramov, shuningdek O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov. Qoyil qolganim, yil davomida ularni saytimiz va gazetamizda tanqid qildik, ammo ular ishni shaxsiy hayotga aralashtirishmadi va tadbirimizda ishtirok etdilar. Qosimovni qancha tanqid qilardik, so'nggi marta muxlislar Qosimovni qachon futbolda ko'rishganini eslay olmasalar kerak, shu tadbirimiz uchun Qosimovni shaxsan o'zi tarkib tuzib kelib zaxira futbolchisisiz 40 daqiqa to'p tepdi. SHu kuni saytimizning 4 yillik to'ychasini nishonladik. Meni xursand qilgan yana bir jihati “Fifa.uz” g'olibi Ilhom Yakubbekovning o'zi uchun atalgan “Joma” sport liboslarini Kamoliddin Kenjaevga sovg'a qilgani bo'ldi.

– Suhbat so'nggida shuni aytib o'tsangiz, saytning yutug'i nimada deb o'ylaysiz?
– Hammasi oddiy, shunchaki ko'plab staidonlarda o'z muxbirlarimiz bor. Futbolni voqea joyidan turib yoritishda gap katta. Keyin birinchi liga va futzalga etiborni oshirdik, bu ham mutaxassislar oldida o'z o'rnimizga ega bo'lishimizga sabab bo'ldi. Bu yil ilk marotaba sayt talqiniga ko'ra, har bir chiziq bo'yicha eng yaxshilar elon qilindi. Imkon qadar mutaxassislar ko'zi bilan yondoshishga harakat qilindi. Bundan futbolchilar ham xursand bo'ldilar. Gapim so'nggida, men doimo bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimni bildirgan holda katta-katta murabbiylarga o'xshab, o'z jamoamdan faxrlanishimni aytib o'tmoqchiman.  

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика