So’nggi yangiliklar

15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  0 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  8 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  13

Nodirxo'ja Yuldashev sportdagi eng katta muammoni aytdi Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev sportdagi eng katta muammoni aytdi

Yanvar va dekabr oyida tavallud topgan o'smirlar o'rtasidagi farq 11 oyni tashkil qiladi.

11 oylik go'dak yangi tug'ilgan chaqaloqdan sezilarli farqda kuchli bo'lganidek, 7-12 yoshli futbolchilar o'rtasidagi mana shu 11 oylik farq yil oxirida tug'ilganlarning ziyoniga ishlaydi.

Yilning birinchi yarmida tavallud topgan futbolchilar doimiy ravishda oktyabr - dekabr oylarida dunyoga kelganlarga solishtirganda juda ko'p. Yaqinda Toshkentda Osiyo chempioni bo'lgan U-20 terma jamoamizda 23 nafar futbolchi qaydnomadan joy olgan bo'lsa, shundan 19 nafari avgustgacha tug'ilgan. Yilning so'nggi 3 oyiga 2 nafar o'yinchi to'g'ri kelyapti. 

Endi O'zbekistonda 2003-04 yilda tavallud topgan chaqaloqlar statistikasiga qaraymiz. 2003 yilda 262 827, 2004 yilda 278 269 nafar o'g'il  dunyoga keldi. Jami 541 096 nafar. Bu oyiga 45 000 nafardan degani. Tizimdagi bitta bandni yo'qligi tufayli 200 000 nafarga yaqin chaqaloqdan kelajakda 10 nafar futbolchi chiqmayapti. Ular ham yilning dastlabki 9 oyida tug'ilgan bolakay kabi chaqaloq bo'lib dunyoga keladi, ulardan hech qanday farqi yo'q.

Diafragmada Siz ikkita Osiyo chempionatida qatnashgan terma jamoalarimizga oid malumotni ko'rasiz.

Bu erda 2ta terma jamoani tahlil qildim va undan tashqari Superligada 1995 (28 yosh) yildan 2001 (22) yilgacha tavallud topgan futbolchilarni ham o'rgandim. 

Bu muammo qaerdan kelib chiqqani aniq, jismoniy tomondan kichik yosh toifalardagi musobaqalarda 6 oy ham juda katta rol o'ynaydi. Muammo aniq, kasal yiringlab bo'lgan, uning davosichi? Bu haqda batafsil izlanish qilib yozaman. Avval ham bu mavzuni ko'targanimda ko'p malumot to'plaganman, uni yana boyitishim va so'nggi 2015 yildan beri sho'ng'iganim bolalar futbolida amaliyotda ko'rganlarimdan kelib chiqib xulosalarimni ham ayrim joylariga o'zgartirish kiritaman. Hozircha, malumot shu.

Yosh kichraytirish mana shundan kelib chiqadi. O'z yilida tug'ilgan, ammo yil boshidagilardan jismonan orqada bo'lganlar bu ishga qo'l uradi.

Rossiyada ilmiy guruh 2020 yildan boshlab yilning oxirida tavallud topgan futbolchilarni yo'qolib borayotganligi bo'yicha mavzuni ko'tardilar. 

Ular gaplarini asoslash uchun 2001 yildan 2006 yilgacha tavallud topgan Moskvaning top jamoalarining statistikasiga nazar tashladilar. 

Bular, "Spartak", CSKA, "Dinamo", "CHertanovo", "Krasnodar", "Lokomotiv".

Men ular o'tkazgan amaliyot ichida U-17 jamoasini misol tariqasida Sizlarga taqdim etaman. Statistika 170 nafar futbolchidan kelib chiqib tuzilgan.

Guvohi bo'lganingizdek, Rossiyada ham yilning ikkinchi yarmida tavallud topgan futbolchilar yo'q hisobi. Bizdan farqli ravishda, rus futboli jismoniy tayyorgarlik negizida tuziladi. Bunday vaziyatda yilning oxirida tavallud topgan futbolchini "eb" qo'yishadi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика