So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Nodirxo'ja Yuldashev: "OCHLda g'alaba qozonish uchun ikkita yo'l bor" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "OCHLda g'alaba qozonish uchun ikkita yo'l bor"

Mana OCHL ham tugadi. Aniqroq aytganda o'zbek klublari uchun.

OCHLda g'alaba qozonish uchun ikkita yo'l bor. Yaponiya, Koreyaga o'xshagan mukammal ichki tizim yoki legionerlarga tayanib sifatli tarkib yig'a oladigan arablar siyosati. Ikkinchi yo'lni tanlagan Xitoy futboli pulsiz qolgach orqaga qarab bildiki, hech nima qilmagan ekan.

Ayni paytda bizda bugun na unisi, na bunisi bor.

OCHLning dastlabki yillarida "Paxtakor" qanday natija qilgan? Javob oddiy. Yangi OCHL hali arablar va sharqiy osiyoliklar uchun juda ham katta ahamiyat kasb etgan musobaqa bo'lmagan. Qo'shimchasiga "Paxtakor" tarixidagi eng zo'r tarkiblardan biri. U paytda hamma ham hozirgidek futbol o'ynashni bilmasdi. Undan tashqari "Paxtakor" O'zbekiston milliy terma jamoasining asosini tashkil qilgan.

Keyin shu natijani "Bunyodkor" takrorladi. Bu paytga kelib OCHLning nufuzi oshib borayotgan va kubokni yutish Yaponiya, Xitoy hamda arab jamoalarining asosiy maqsadlaridan biriga aylana boshlagan edi. "Bunyodkor" nima qildi? O'zbekistondagi eng yaxshi tarkibni yig'di va ular qatoriga kuchli legionerlarni qo'shdi, Rivaldo, OCHL sohibi Denilson, Vilyanueva, Ristich kabi sifatdagi futbolchilar bugun chempionatimiz uchun orzu. SHunda ham "Bunyodkor"ning eng yaxshi natijasi "Paxtakor"niki kabi 1/2 final bo'ldi. U yog'iga legionerning sifati va ichki mahsulotning kuchi etmadi.

Bugunga kelib OCHLning nufuzi yangi bosqichga chiqqan. Endi unda g'alaba qozonishni istamaydigan klub yo'q. O'zbekistondan esa bir emas 4 ta jamoa turnirda qatnashdi. Agar shularning tarkibini bitta qilib, unga 3 nafar zo'r legioner qo'shsakgina nimagadir erishish mumkin, shunda ham chempionlikka emas. Avvalgi natijalarni takrorlash haqida gap ketyapti.

Arablarning eng zo'r o'yinchisi ham ichki chempionatda o'ynaydi. Bizda bunday emas, yaxshi pul tashqarida bo'lganligi uchun ko'pchilik baxtini legionerlikda ko'radi. Agar arablar kabi bizda ham legionerlar bo'lmasdan to'liq Superligada o'ynaganlarida natija qilishimiz mumkin bo'ladi.

Tasavvur qilib ko'ramiz, 4 ta jamoamizning biridagi tarkibda SHomurodov, SHukurov, Masharipov, Husanov, Fayzullaev, Sergeev, Ashurmatov, O'runov bor. Istagan paytda zaxiradan Yo'ldoshev yoki Rahmonaliev kabi futbolchilar tushishi mumkin. Va shu tarkibga 3 nafar yaxshi saviyadagi legionerni qo'shasiz. Bu legioner bugun bizdagi 10-30 000 maoshga o'ynaydigani emas, yiliga 3-4 mln oladigani bo'lishi kerak. Lekin afsuski bugun bunday imkoniyatga ega emasmiz. O'zbekistonni eng yaxshi futbolchilarini ham bir jamoaga yig'a olmaymiz. SHunday ekan OCHLdagi natija haqida o'ylash uchun bizdagi ikki siyosat ham bugun to'g'ri kelmaydi.

Millionlarni bitta kubok uchun osmonga uchirish siyosatini men yoqlamayman. Demak, biz g'olib bo'lishdagi ikkinchi yo'l, tizimni to'g'rilash yo'lidan borishimiz kerak. Bugun tizim Superliga miqyosida biroz o'nglanyapti. Bolala futboliga bo'lgan etibor avvalgilardan nisbatan yaxshilangan.

Bizdagi asosiy muammo murabbiylarning malakasi bo'lib qolyapti. Bugun hech bir klubimizda, tizim tomonidan tayyorlab berilgan kuchli mutaxassis yo'q. Bor mutaxassislar ham "samouchka", yani o'zi izlanib shu natijaga erishgan. Hozir O'FA yangi texnik direktor bilan shartnoma qildi. Uning oldidagi asosiy vazifa murabbiylarning malakasini oshirish. Afsuski bizda shu kungacha texnik direktor sifatida faoliyat olib borganlar rasmga tushishdan nariga o'tmadi. So'nggi tuzuk ishlagani menimcha Rustam Akramov bo'lgan. Bizda diplomlar shunchalik oson berib yuborildiki, buning sababi beriladigan diplomlar oldidan savol javob qiladigan kuchli instruktorlarni o'zi bo'lmadi. Natija nima bo'ldi, qanday bilim berilgan bo'lsa, mana shunday mutaxassislarga boyib ketdik.

Agar diplom berish tizimi mukammal bilim negizida bo'lganida biz allaqachon juda kuchli saviyadagi futbolchilarga ega bo'lardik. Juda katta vaqt boy berildi. Masalan Superliga klublaridagi chet eldan kelgan murabbiylarning saviyasi biznikilardan biroz farq qilishi mumkin. Agar bizda ulardagi o'qitish tizimi bo'lganida allaqachon bu murabbiylarning xizmatidan voz kechgan bo'lardik.

SHuning uchun hech bir klubdan xafa bo'lish kerak emas.

@Nadirkhuja

Reyting: +26   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика