So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  17 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  19 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  19 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

Nodirxo'ja Yuldashev: "JFL-Tashkent"ning ilk qaldirg'ochlari 2022 yilgi Osiyo chempionatiga borishlari kerak" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "JFL-Tashkent"ning ilk qaldirg'ochlari 2022 yilgi Osiyo chempionatiga borishlari kerak"

Toshkentda faoliyatini boshlashga yaqin turgan "JFL-Tashkent" bolalar futbol klubining Vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev maktab haqida batafsil axborot berdi.

- Sekin jurnalistika faoliyatini chetga surib, o'zimiz shu sohaga kirishga ahd qildik. Barchasini bolalar futbolidan boshlash kerak deb ko'p gapirdik. Mana o'zimiz shundan boshlashga harakatidamiz. Bu borada so'nggi yillarda tajriba to'plash bilan band bo'ldik. 2010 yildan esa aynan bolalar futboli bilan ishlashni boshladim. Oxirgi uch yildagi natijalarimizdan ko'pchilik minnatdor. "Kelajak Yulduzlari" festivali Respublikada o'z o'rniga ega bo'ldi. Lekin sayt chetda qolib ketmaydi. U nazoratimizda bo'ladi. SHu bilan birga, aynan bolalar futboli rivojlantirish borasida yana bir katta loyihamiz ishga tushadi. Bu bevosita "championat.asia" bilan bog'liq bo'lgan, "Best Sport Media" kompaniyasi. 

- Tashkilot nima bilan shug'ullanadi?

- Bu kompaniya bolalar sporti o'rtasida turli xildagi musobaqalarni o'tkazadi. Hozircha kompaniya, sportning kurash, suzish, qilichbozlik va velosport turlari bilan kelishuvga erishdi. Endi festivallarimiz faqat futbolni emas, sportning boshqa turlarini ham o'z ichiga oladi. Kuni kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda, Prezidentimiz, Universiada, Umid nihollari, Barkamol avlod kabi musobaqalar bilan chegaralanib qolmaslik, selekciya ishlarini olib borish lozimligini aytib, yoshlar o'rtasida ko'plab musobaqalarni tashkil qilish darkorligini aytib o'tdilar. "Best Sport Media"ning bu borada rejalari bor, hukumat azolari bizni qo'llab-quvvatlasalar, sportimiz rivojiga biz ham ulush qo'shsak deymiz. 

- Keling endi bevosita "JFL-Tashkent"ga qaytamiz. Bu loyiha qanday amalga oshdi?

- So'nggi ikki yilda izlandik. Loyihani Dilshod aka Qoriev bilan birgalikda boshlayapmiz. Bu kishining farzandlari 2016 yil Germaniyaning SHlotxaym shahrining bosh akademiyasi, "JFL-Schlotheim"ning sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgach ularning azosiga aylandi. Ular 1 oy davomida maktab strukturasi bilan yaqindan tanishdilar. Huddi shu loyiha ustida ishlayotganimni bilganliklari uchun birga ishlashni taklif qildilar. SHundan keyin Dilshod aka yana ikki marotaba, men esa dekabr oyida Germaniyada bo'lib maktabning ish faoliyatlarini yana bir bor ko'rdik. Bir so'z bilan aytib bera olmayman. Nemislar biz bilan ishlashga bejizga rozi bo'lmadilar.


Sasha Router "Bunyodkor"da Baxtiyor Boboev mehmoni

- Ularga nima manfaat?

- 2016 yilning avgust oyida maktab direktori Elfi va katta murabbiy Sasha Router bizning taklifimizga ko'ra Toshkentga keldilar. Ertasiga aytgan birinchi gaplari shunday bo'ldi, "sizlar internetda yozilganidek davlat emas ekansizlar, biz O'zbekistonni bunday tasavvur qilmagan edik". Bir hafta davomida mehmonlarimiz "Bunyodkor" stadioning strukturasi va akademiyasi bilan yaqindan tanishdilar. Baxtiyor Boboev bilan ancha suhbatda bo'ldik. "Paxtakor" stadionini ko'rishdi. Keyin, Milliy olimpiya qo'mitasida yangi ochilgan sport klinikasini ko'rdilar. MOQ bosh kotibi Oybek Omilovich qabulida bo'lishdi. "Spartak" jamoasining mashg'ulotlarida qatnashib, bizdagi istedodlar qanday qilib Evropada emasligiga hayron qoldilar. O'zbekistonda sportga yaratilgan sharoitlar ularni "mast" qildi. Ayniqsa, "Bunyodkor" akademiyasidagi sharoitlarga uncha-buncha nemis klubi havas qilishini inkor etishmadi. Bizdagi tabiiy mevalardagi vitaminlarga Evropa katta miqdorda pul to'lanishini aytishdi. SHunday sharoitga ega bo'lgan mamlakat bilan hamkorlik qilmaslik ular uchun noto'g'ri bo'lardi.

- Siz, bizning istedodlarni chet elga chiqib ketishiga ishonasizmi?

- Biz nega Evropada nomi chiqmagan akademiyani tanladik, keling avval shunga oydinlik kiritay. Hozir "Bavariya" yoki "Borussiya"ga borsa ular meni qabul qilmaydi. Ularga Osiyodan Janubiy Koreya va Yaponiya qiziq. CHunki ishonchga kirishgan. Arab va Xitoy davlatlari esa katta pul evaziga ularni o'zlariga qaratadilar. Men "JFL-Schlotheim"ga bizda futbol o'sayotganligi, bir kun kelib bizning futbolchilarimiz ham Evropaga keta boshlashlari, paytida Koreya va Yaponiya bizning jamoalarimizdan yirik hisobda mag'lubiyatga uchrab yurgani, shunchaki ishni to'g'ri yo'lga qo'yish orqali o'zib ketganligini tushuntirib berdim. Biz ham hamkorlikda ish olib borsak, bizdagi istedodlar bilan ko'p yutuqlarga erishishimiz, shunda bizning hamkor aynan ular bo'lib qolishlarini aytdik. Bu esa ularga maqul keldi. Masalan, Germaniyada "Bavariya" ham, "Borussiya" ham Germaniya FI tomonidan ishlab chiqilgan programma asosida vazifani bajaradi. Huddi shu metodika "JFL-Schlotheim"da ham. Oliy liga klublaridan farqli ravishda, biz 15-16 yoshli bolalarni shunday qo'yib yuboramiz. Ular uchun hech qanday shartnoma pulini so'ramaymiz. Keyinchalik futbolchimiz yaxshi bo'lib ketsa, shartnomada aks ettirilgan daromadni FIFA tomonidan olib yuramiz. Bu kelajak loyihasi. Undan keyin hamkorlarimiz orqali, O'zbekistonga xorijlik skautlarni jalb etishimiz kerak. Biz ko'plab musobaqalarni o'tkazamiz, xorijni chetga surib turaylik, o'zimizni selekcionerlar kelmaydi. "Best Sport Media"ning vazifasi kuchli va sifatli musobaqalarni o'tkazish orqali xalqaro maydonga chiqish va shu yo'l orqali skautlarni O'bekistonga jalb qilish. Yaqinda Grizmann voqeasini saytimizda mutola qildingiz. Zaxiradan 10 daqiqaga majburan tushgan futbolchini 10 yoshida ispaniyalik skaut ko'rib qolib uyiga olib ketgan Franciyadan. Bizda Grizmanlar to'lib yotibdi.


O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Omilovich qabulida

- Nima uchun loyihadagi eng yoshi katta futbolchi 2006 yilda tavallud topgan?

- CHunki 2004-2005 yillarni yig'ib olish qiyin. Bu birinchi masala. Ikkinchi masala 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar 2019 yil terma jamoa sifatida shakillanadilar. Bunga bor yo'g'i 2 yil qoldi. Ikki yilda biz futbolchini tayyor holatga keltira olmasligimiz mumkin. SHoshmaslikni maqul ko'rdik va 2006 yildan boshlashga qaror qildik. Bu avlod vakillari 2021 yil o'smirlar terma jamoasi sifatida shakillanadi va 2022 yilgi Osiyo chempionatida, muvaffaqiyat qozonsak 2023 yil jahon chempionatiga boradilar. Bizda 2021 yilga qadar 4 yil muhlat bor, bu etarli muddat. 2022 yilgi Osiyo chempionatida kamida ikki nafar bolamiz bo'lsa, muvaffaqiyatga erishdik deb aytishim mumkin bo'ladi. Undan tashqari, ishimiz rivojlanib ketsa o'z bazamizga ega bo'lishimiz kerak. Unga biroz vaqt kerak bo'ladi. O'ylashimizcha, 2006 yildagi tarbiyalanuvchilarimiz bazada istiqomat qiladigan yoshga to'lguniga qadar bu ishni bajargan bo'lamiz. Qisqasi, ko'p faktorlarni inobatga olgan holda 2006 yilda to'xtaldik.

- 3-6 yoshli futbolchilarni yig'ishdan maqsad?

- Bu metodika ancha yillardan beri qo'llanib kelinadi. 2016 yil o'zimizda "Lokomotiv" ham shu ishni boshladi. Keyinchalik boshqa maktablar ochildi. Bizda 7 yoshdan keyin murabbiyda bor yo'g'i 23 nafardan iborat guruhi bo'ladi. U hech qachon uch yoki to'rtta tarkib bilan ishlamaydi.  Murabbiyni maoshini yaxshilash orqali undan sifat talab qilamiz. Har yili 7 yoshga tanlov elon qilib o'tirmaslik uchun 3-6 yoshdagi guruhni tashkil qildik. O'zimiga kelib, "JFL"ning qonun-qoidalarini bilib yurgan bollarning 23 nafarini ajratib olamiz. Qolganlar ham ko'chada qolmaydi albatta.


Mutaxassislar Islom Ahmedov bilan suhbatda

- Murabbiylar borasida nima deysiz?

- Kuni kecha O'FFning texnik bo'limi boshlig'i SHavkat Imomov bilan ancha suhbatda bo'ldik. Bizdagi asosiy muammo, murabbiy "C" licenziyasini olganidan keyin to u "B"ni olmagunicha qaytib federaciya kurslariga kelmaydi. O'z ustida juda kamchilik ishlayapti. Imkon bo'ldi deguncha chetga chiqib kelish kerak. Bizning maktabga o'z farzandini berayotgan bir kishi, bu yil chetga chiqamizmi deb so'radi. CHetga chiqib nima qilamiz? Muzqaymoq eb kelamizmi? "JFL-Tashkent"ning falsafasi umuman boshqa, biz bu yoshda chetga chiqishni o'ylamaymiz, biz murabbiylarni yil davomida chetga chiqarib turamiz. Yoz oyida murabbiylarimiz 1 oy davomida Germaniyada bo'ladilar. Imkoniyatimiz ko'tarsa, bir yilda ikki marotaba chet ellik mutaxassis bizning bolalarimiz bilan Toshkentda ishlaydi. Bu orada murabbiylar bilan trening mashg'ulotlar o'tkaziladi. Loyihamiz OFK instruktori, Islom Ahmedovga maqul kelgan ko'rinadi. U kishi biz bilan ko'rishib, qo'lidan kelganicha yordam berishini aytdi. Nahot, bizda ham sabr bilan keyinni o'ylab ish qilishni o'ylaydiganlar bor ekan deb kulib ham qo'ydilar. Albatta mutaxassislarni qo'llab-quvvatlashi bizga kuch beradi. Hozirda Rifat Akramxo'jaev va Zayniddin Tojiev bilan kelishuvga erishdik. Bizda bir murabbiy faqat bitta jamoaga javob bermaydi, Evropa metodikasi hamma bir oiila. Zayniddin Tojievni o'zbek futboli tarixidagi eng kuchli texnikaga ega bo'lgan o'yinchi deb bilaman. U kishi bolalarga texnikadan bilim bersa albatta yaxshi bo'lardi. Zayniddin akaning 5 nafar farzandi bor, bolalar bilan ishlashni biladi (kuladi). Rifat Akramxo'jaev esa birinchi ligada "NBU Osiyo" bosh murabbiyi. Bizdagi asosiy muammo, yoshlarni asosiy tarkibga qo'ymasligimiz. "NBU Osiyo" ham loyihamizni qo'llayabdi, birinchi ligada jamoamiz bo'lishi shart emas, 15-16 yoshli istedodli futbolchilarimiz birinchi ligada debyut qilsalar zo'r bo'ladi. 


Dilshod Qoriev O'zbekiston sportida erishilgan yutuqlar bilan mehmonlarimizni tanishtirayapti

- "JFL-Tashkent"ning ikkinchi ligada jamoasi bo'ladimi?

- Bu yilga kech qoldik. Toshkent shahar futbol federaciyasi Vice-prezidenti Mamur aka Yusupov yaqinda Toshkentda U-20 yoshdagi ikkinchi liga chempionatini yo'lga qo'yish rejasida ekanligini aytdilar. Biz shu ligada 16-17 yoshli futbolchilar bilan ishtirok etmoqchimiz. Sababi, 17 yoshli futbolchilar yoshlar terma jamoasiga nomzod hisoblanadilar. Ikkinchi liga "JFL-Tashkent" fondidan moliyalashtiriladi. Unga Respublika bo'ylab selekciya qilib futbolchilarni taklif etamiz. Selekciya ishlarini shu yilning kuz oyidan boshlaymiz va 2018 yilning mart oyida jamoamiz ikkinchi ligada o'z faoliyatini boshlaydi.

- Toshkentda klublar ko'p...

- Lekin bizda bironta klub "Ayaks" kabi hammadan ilgarilab ketmagan. SHunday ekan sog'lom raqobatdan cho'chimaymiz. Aksincha, "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor", bolalar bilan yaxshi ishlayotgan "Spartak" klublari bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Vodiydan "Neftchi", Qashqadaryodan "Mashal" va "Nasaf". Bizni oliy ligada jamoamiz yo'q. Unga hali ancha bor. Nima uchun yaxshi aloqalarni yo'lga qo'yib, o'zimiznikilar bilan munosabat qurmasligimiz kerak? Men yuqorida nomini sanab o'tgan klublarim bolalar futbolida keng ko'lamda ish olib borayaptilar. Agar boshqa klublarga qiziq bo'lsa ular bilan ham ishlaymiz. Seminar treninglarni birgalikda tashkil etishimiz lozim.


Akademiya direktori Elfi xonimga Nodirxo'ja Yuldashevdan esdalik sovg'asi

- Viloyatlarda filiallar bo'ladimi?

- Ko'plab qo'ng'iroqlar aynan viloyatlardan bo'lapyati. Ro'yxatimizning birinchi pog'onasida Qo'qon turibdi. U erda bizning talabimizga javob beradigan kompleks bor. Keyin Buxoro va Jizzaxda filial ochishni rejalashtirganmiz. Huddi shu loyiha Toshkentdagidek, Namanganda,Odil Ahmedov tomonidan yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. SHuning uchun ro'yxatimizda Namangan yo'q. U erda Odil bilan birga hamkorlikda ish qilamiz. Bu yilga hozircha shular.

"JFL-Tashkent" borasida batafsil - AXBOROT

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика