So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Nodirxo'ja Yuldashev: Axbor doda bilan safar, Bog'dod qahramonlari, xayr, Ulug'bek aka! Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: Axbor doda bilan safar, Bog'dod qahramonlari, xayr, Ulug'bek aka!

Buni uchtasi birda deydimi yoki boshqa bilmadim. Xullas, Axbor doda (Imomxo'jaev) menga Bog'dodga birga borib kelish taklifini berganlarida ikkilanmay rozi bo'lgandim.

Futbol jamoatchiligida Axbor Imomxo'jaev nomini eshitmagan va bilmagan kishi yo'q. Aynan shu kishi, so'nggi 4 yildan beri o'z safarlariga taklif qilishni odat qilganliklari, menga juda katta masuliyat yuklab kelayotgan edi. Axbor doda har sayohatlariga o'zlarining sevimli shogirdlari, ko'p yillar davomida "O'zbekiston Futboli" gazetasini boshqargan Oybek Yunusov olib yurardilar. Bu sayohatimiz ham Oybek aka bilan bo'lishiga ishongandim. Oybek Yunusov ham juda yuqori hurmatga sazovor insonlardan biri. 2004 yil 1-kurs talabasiman. Domlamiz, barchangiz o'zingiz uchun amaliyot uchun OAV tashkilotini tanlang dedi. SHunda men kursdoshim, Behzod Nazarov bilan "O'zbekiston Futboli"ni tanladik. Gazetaning gullagan paytlari. Tahririyatga borgan kunimiz Oybek akani o'zlari ish joylarida ekanlar. Birinchi kundanoq xushmuomalalik bilan bizni qarshi olib, ilk minbarni berdilar.

Har doim ham safarlar yaxshi kayfiyat bilan boshlanib, yaxshi kayfiyat bilan tugamaydi. Oybek akam qanilar degan savolga, Axbor dodadan "otalari vafot etibdilar, shoshilinch Andijonga ketib qoldilar", - degan javobni oldim. 

Safarimizni "Paxtakor" jamoasining 70-yillardagi mohir himoyachisi Roziq aka Turg'unov to'ldirdilar. Siz bilgan mashhur Krasnickiy bilan elkama-elka turib, yulduzli "Paxtakor"da to'p tepgan Roziq Turg'unov, o'ng qanot himoyasida ko'pchilikning asabini o'ynagan futbolchilardan biri bo'lganlar. Jussa kichik bo'lsada, tezkor harakatlari bilan Bloxin kabi "Dinamo" yulduzining ko'p marotaba qiynagan himoyachilaridan biri bo'lganlar. "Paxtakor"dagi faoliyatlarini yakunlaganlaridan ko'p o'tmay, o'sha xunuk aviahalokat sodir bo'lgan edi. 

"Bir safar Navoiyning "Avtomobilist" jamoasi safida Krasnickiyga qarshi to'p tepdik. Jarima zarbasi belgilandi. U to'pni tepishi zahotiyoq egilib olishimiz kerak edi. Agar egilmasak, shifokor ham bizga yordam bermasdi", - deb kulib yod oladilar Roziq Turg'unov. 

"Kimsan, Krasnickiysan! Afsonasan, Sobiq Ittifoqning eng kuchli zarbasi egasisan. O'zbekistonning eng yaxshi jamoasi azosisan. Lekin shuncha sharaflarga qaraman Gena juda ham oddiy odam edi. Kamtar, barchaga yordamini ayamaslikka harakat qilgan. Jamoadoshlarini hurmat qilgan. U bilan darvozabonlar xazillashmasdilar. Jazosi aniq edi. Bir safar "Dinamo" Batumi azosi o'yinda uni asabiga tega boshladi. Ko'p o'tmay jarima zarbasi, o'sha futbolchi jonli devorda. Krasnickiy darvozani emas, bir poylab o'sha himoyachini ag'dardi. Bola bechora hushidan ketib, shifokorlar uni shifoxonaga olib ketishdi"... Bu Axbor dodaning xotiralari.

Rejaga ko'ra Angrenda nonushta qilishimiz kerak edi. Kafeda to'xtadik. U erda "Navbahor" jamoasining 2001 va 2004 yillarda tarbiya topayotgan yosh futbolchilari Buxoroda bo'lib o'tgan turnirda qatnashib qaytayotgan ekanlar. Kattalar chempionlikni qo'lga kiritishibdi, kichiklari esa to'rtinchi o'rin bilan kifoyalanishgan. Azam aka boshchiligidagi yosh istedod egalari faxriylar bilan esdalik uchun suratga tushdilar.

Yo'l-yo'lakay Axbor doda, Bog'doddagi bu safargi turnir SHavkatxon va Oqiljonlarning xotirasiga bag'ishlanayotganligini aytib o'tdilar. Musobaqa har yili, biron bir kishining xotirasiga bag'ishlanishi Bog'dodda ananaga aylangan. 2016 yil bo'lib o'tgan xotira turnirida kechki sayrga chiqqan Axbor doda va Oybek aka, hashar yo'li bilan qazilgan Farg'ona kanali oldida yurishsa, bir manumentga ko'zlari tushadi...


***

1994 yil. Mart oyi. Soat 11:45.

Farg'ona, Bog'dod. CHurindi qishlog'i.

SHavkatxon xonadonida chaqaloq yig'isi eshitildi. Bir yil avval visol oqshomini o'tkazgan qishloq yigiti o'g'il farzandli bo'lgan edi. Undan-da baxtiyor kishi yo'q bu olamda. Quvonchli xabarni tezroq etkazish uchun velosipedini "minga qo'yib" minib borardi. Ich-ichidan xursand, farzandli bo'ldim. Endi men otaman. Kanal bo'ylab g'izillab kelar ekan, o'y hayoli uyga qaralgan edi. Bir necha oy avval mana shu kanal bo'yida o'zi sevgan yori bilan hayollarga berilib yurgan paytlari esiga tushib ketdi. Endi bu erda uch kishi sayr qilamiz. Kelasi yil bahorda o'g'lim bilan varrak uchiramiz... SHirin hayollar ila velosipedini haydayotgan SHavkatxonni "qutqaring", degan tovush eskankiratib yubordi. Soniyalar ichida atrofga alanglagan SHavkatxon cho'kayotgan bolani ko'radi, uning qarama-qarshisidan esa huddi o'zi kabi velosipedda kelayotgan Oqiljon o'zini suvga tashlashga tayyor turgan edi. Oqiljon erta bilan pochtaga kelgan xatlarni o'z egalariga etkazish uchun kanal bo'yidan ketayotga edi. Ikki velosipeddagi tanish bo'lmagan kishilarni bir nuqtada to'qnash kelishlariga yaqin, kanalning u tomonidan, bu tomoniga diametri uncha katta bo'lmagan "trubadan" o'ta turib 9 yoshli bolakay sirg'anib ketgan edi.

Oqilxon va SHavkatxon velosipedda qizib turmaganmilar. Tana issiq, suv muzdek. Bolakayning joni shirin, hayotga kelib hali nimani ko'rdi? Ikki qahramonning hayolidan bir zum shu fikr o'tdi, qutqarish kerak. Ikkisi birdaniga velosipedni irg'itib o'zini suvga otdi. Voqealar rivoji shu tazda tez ko'rinish olib ketdi-ki, 20 yoshli SHavkatxon suzishni bilmasligini unutib o'zini kanalga otdi. Uning ketidan Oqilxon cho'kayotgan hamqishlog'ini qutqarish uchun o'zini suvga tashladi. Soniyalar ichida SHavkatxon va Oqilxon kichkintoyni bir-birlariga uzatgan holda uni soyga chiqarib qo'ya oldilar. SHu payt...

Issiq tana emasmi, birdaniga sovuq ularning oyoqlaridan oldi. Tomir tortishib qolishi natijasida SHavkatxon va Oqilxon bir-birlariga tirmashib qoldilar. Aksiga olib SHavkatxon suzishni bilmaydi... Tabiat o'z so'zini aytdi, ikki tananing oyoqlarini boshqarib bo'lmasdi, soy uzoqlashdi, bir necha soat avval otalik baxtiga sazovor bo'lgan SHavkatxonning o'g'il farzandi tug'ruqxonani boshiga ko'tarib yig'lashida alamli nido bor edi...

***


Hayotda ancha tasirchan insonman. Bu voqea aynan shunday ayanchli ko'rinishda yakuniga etdi. To'g'ri, biroz hikoya aralashtirdim. Lekin o'sha kuni bo'lgan voqealarni ko'z oldingizga keltirar ekansiz, shunga yaqin holat bo'lganligini tasavvur qilishingiz qiyin emas. Qahramon bo'lish uchun katta bir ishni amalga oshirish shart emas, Qahramon bo'lish uchun inson qahramonlarcha qaror qilishi kerak. Suzishni bilmasada, o'z jonini qurbon qilganlarni qahramon deb atash esa bizning burchimiz. Hakim Nazarovning farzandi, Oybek Nazarov tashabbusi bilan CHurindi qishlog'ida bo'lib o'tgan mana shu xotira musobaqasida ishtirok etish nasib qilganidan xursand bo'ldik. Oz bo'lsada, 1994 yil vafot etganlarning ota-onasini xushnud qilganimizdan biroz bo'lsada xursand bo'ldik. Ammo o'sha voqeani ko'z oldimizga keltirar ekanmiz, alam bilan xo'rsinib qo'yamiz.

1994 yil O'zbekiston milliy terma jamoasi XII Osiyo o'yinlarida zafar quchib, mustaqil O'zbekiston futboli tarixidagi ilk oltin medallarni taqdim qildilar. O'xshashlikni qarang, yuqoridagi mashum voqeadan ko'p o'tmay vakillarimiz yapon maydonlarida zafar quchib qaytgan edilar. Qishloqda turnir davom etayapti. "Antena" yaxshi ishlamayapti. Arang, "telegram"ga kirdim. 

***

2017 yil. 4 may. Soat 14:30.

Toshkent, "Paxtakor" Markaziy stadioni.

Dilshod Nuralievda ishim bor edi. "Paxtakor" futbol klubining "Yoshlik" arenasidagi murabbiylar xonasiga kirdim. Klubning 2005 yillarda tarbiya topayotgan futbolchilarining murabbiyi Ulug'bek Ro'zimovning yordamchisi, Farhod Nishonovni ko'rib qoldim. Bu yil Ro'zimov jamoasini Evropadagi birota turnirga olib borishni maqsad qilgan edi. 

"Nodir aka, ko'rib qolganim yaxshi bo'ldi, Ulug'bek akam aytayotgan edilar. 2005 yillar o'rtasida xalqaro musobaqa qilsak, 5-6 xorij jamoalari kelmoqchi. Tashkilotchi Siz bo'lsangiz", - deya gap ochib qoldi Nishonov.

Men uchun ayni muddao. Turnirlarimizda endi xorij  jamoalari ham ishtirok etadi. Gap yo'q, men bundan faqat xursand bo'laman.

- Unda, Ulug'bek akam davolanib olsinlar, kelasi hafta uchrashamiz. Aytib qo'yaman, rahmat!

SHu bilan dialog o'z yakuniga etdi. Avgust oyida Islom Karimov xotirasiga bag'ishlab katta musobaqa o'tkazishni rejalashtirib yurgandim. Turnirga homiy topilganidan ham xursand bo'lgandim.

***

Noxush xabar... "Ulug'bek Ro'zimov vafot etdi"... Ishlab ketgan "telegram"dan kelgan birinchi xabar. Bu erda turnir davom etayapti, hamma xursand. O'yin avjida. Axbor va Roziq dodalar o'yinni kuzatishyapti. Uchrashuv ham o'z nihoyasiga etdi. Taqdirlash marosimi tugadi. Tugashini kutdim. Ayta olmasdim. Mehmonlarga ajratilgan uyga keta turib, "doda, Osiyo o'yinlari g'olib, Ulug'bek aka Ro'zimov vafot etibdilar"...

Barchamiz xo'rsindik, ikkinchisi ketdi...

Bundan 6 yil muqaddam Rossiyada istiqomat qilayotgan, o'sha mashhur o'yin, Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvida qahramonlarcha darvozamizni muqarrar gollardan saqlab kelgan Yuriy SHeykin vafot etgan edi.

Toshkent - Bog'dod - Toshkent.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика