So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Nodirbek Abdurazzoqov: "Duo qilib tursangiz, keyingi bosqichga ham yo'l olamiz" Yangiliklar

Nodirbek Abdurazzoqov: "Duo qilib tursangiz, keyingi bosqichga ham yo'l olamiz"

U-20 Jahon chempionati nimchorak finali doirasida Isroilga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston termasi futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov o'z fikrlarini bildirdi.


- Gvatemala ustidan qozonilgan g'alaba va pley-off bosqichi bilan tabriklaymiz. Guruh bosqichidagi so'nggi o'yin qanday o'tdi?

- Xudoga shukur, yutib oldik. O'yin biz uchun har taraflama yaxshi o'tdi. Statistika tomonlama ham, o'yin bobida ham chiroyli o'yin ko'rsatdik.

- Maydonga tushib, gol urdingiz va u goldan keyingi emociyalar zo'r chiqqandi. Lekin, afsuski, gol ofsayd tufayli VAR yordamida bekor qilindi...

- Gol ura oldimu, afsuski, hisoblashmadi. Golni bizning negativchilarimizga, ilk navbatda ota-onamga, yaqinlarimga va ikkinchi navbatda barcha negativchilarga bag'ishlamoqchi edim.

- O'zbekiston guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarini Santyago del Estero shahrida o'tkazdi. SHahardan qanday taassurotlar oldingiz?

- SHaharga chiqib aylana olmadik. CHunki bunga vaqtimiz ham bo'lmadi. Lekin biz bo'lib turgan mehmonxonadagi insonlar juda samimiy ekan, qo'lidan kelgancha yaxshiliklar qilib, har tomonlama yordam berib turishdi. Muxlislar esa haqiqatdan ham futbolni tushunadigan muxlislar ekan. 

- O'zbekiston termasi pley-off bosqichida Isroil bilan kuch sinashadi. U jamoaga qarshi tayyorgarlik qanday ketmoqda? Jamoada kayfiyat qanaqa?

- Har o'yin oldidan raqibni chuqru o'rganamiz. Jamoadagi kayfiyat alo darajada. Barcha yaxshi kayfiyatda. Duo qilib tursangiz, keyingi bosqichga ham yo'l olamiz.

- O'zbekiston termasining potenciali qaysi bosqichgacha etadi deb o'ylaysiz?

- Xudo xohlasa, barchasini amalda ko'rsatamiz. Barcha futbolchilar bilan birga eng yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz. 

- Jamoatchilikda ko'p muhokamalarga sabab bo'lgan intervyu haqida nima deysiz? Uni qanday qabul qildingiz?

- To'g'risi, o'sha paytda bunga unchalik ahamiyat ham bermadim. Aslida futbolchilar bunday narsalarni o'ylamasligi kerak deb o'ylayman. Biz maydonda harakat qilishimiz kerak. Jurnalist bilan gaplashib oldik, keyingi safar savollarga sal xushyorroq bo'lib olsalar bo'ldi. Oramizda hech qanday gaplar yo'q. Barchamiz Xudoning bandasimiz, xato qilishga haqqimiz bor.

- Isroil bilan o'yindan oldin muxlislarga tilaklaringiz.

- Bizga muxlislik qilishda davom etishsin. Menimcha, Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatimiz siri ham shunda. Ota-onalarimiz, muxlislarimiz doimo duo qilib turishdi. Barcha gap duoda deb o'ylayman. Yaxshilab duo qilib tursangiz, barchasi yaxshi bo'ladi. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика