So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  9 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  10 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  4 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Nodir Mavlonov: “Sport formamni tiklash uchun ham Bangladesh klubini tanladim” Yangiliklar

Nodir Mavlonov: “Sport formamni tiklash uchun ham Bangladesh klubini tanladim”

“Bunyodkor” va “Andijon” klublarining sobiq yarim himoyachisi Nodir Mavlonov Bangladesh chempionatiga yo'llanma olgani borasida malumot bergan edik.

Futbolchi chempionatning yangi ishtirokchisi – “Svadhinata Krira Sangha” klubi bilan kelishuvga erishdi. Xo'sh, yangi jamoasiga qay tariqa yo'l olgani va boshqa maqsadlar borasida Mavlonov fikrlariga quloq tutdik.

“Bangladeshga kelganimga ikki kun bo'ldi. Bu erga yo'l olishim agentim orqali amalga oshdi. Aslida Bangladesh chempionatiga kelish niyatim yo'q edi. Yil boshid men boshqa jamoa bilan kelishuvga erishgandim. Biroq mamlakatda yuzaga kelgan karantin qoidalari tufayli deyarli bir yil futbol o'ynamadim. SHuning uchun ham Bangladesh Premer-ligasining yangi ishtirokchisi bilan olti oylik shartnomaga imzo chekdim. 

SHartnomam muddatini olti oyga tuzganimga asosiy sabab, sport formamni tiklab olish asosiy vazifa hisoblanadi. Yuqorida aytganimdek, bir yilga yaqin vaqt davomida o'ynamadim. Bu esa albatta katta yo'qotish hisoblanadi. Klub menga bir yillik bitim taklif qildi. Biroq men olti oylik shartnomani tanladim. 

Bu erga kelishdan avvalroq Otabek Valijonov bilan o'zaro maslahatlashdim. U kishi qaerda bo'lmasa ham, sport formamni tiklashim lozimligini maslahat berdi. 

“Svadhinata Krira Sangha” klubi yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlargi qo'yayotgani rost. CHunki ular meni va boshqa legionerlarni juda yaxshi kutib oldi va barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Mendan tashqari, jamoada eronlik, bosniyalik, polshalik legionerlar ham bor. 

Bruney mamlakati klubi bilan deyarli kelishuvga erishgandik. SHartnoma imzolash arafasida edim. Ammo Bruneyda karantin elon qilindi va futbol musobaqalar bekor bo'ldi. SHu sababli men ham uyga qaytishga majbur bo'lgandim", - dedi Mavlonov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика