Nodir Eliboev: "Hujumdagi o'yinimiz ustida ishlashimiz kerak"
20 jan 2017 16:06
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "Hujumdagi o'yinimiz ustida ishlashimiz kerak"
"Ardus" jamoasi bugun "Lokomotiv"ni yirik hisobda engdi (5:3). O'yindan keyin "Ardus" katta murabbiyi Nodir Eliboev o'yinga o'z izohini berib o'tdi.
"O'yin yaxshi o'tdi, yigitlar ko'rsatmalarni bajarishdi. Faqatgina oldinda yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmayotganimizni inobatga olmasa, hamma ajoyib. Birinchi va ikkinchi bo'limdagi o'yinimizda bitta farq bor: birinchisida vaziyatlardan unumli foydalana olmagan bo'lsak, ikkinchi bo'limda o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik.
Oldingi uchrashuvda "Nafis"ga qarshi futzalchilarimiz yaxshi o'yin namoyish etishdi deb o'ylayman. Faqat, yana o'sha vaziyatlardan etarlicha foydalana olmaslik sabab ochko yo'qotdik. Hujumdagi o'yinimizni maromiga keltirib olsak, hammasi hozirgidan ham yaxshiroq bo'ladi", - deydi Eliboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar