Nodari Kavtaradze Moskvaga jo'nab ketdi
14 iyu 2023 11:51
Yangiliklar
Nodari Kavtaradze Moskvaga jo'nab ketdi
Jamoamizning gruziyalik legioneri Nodari Kavtaradze Superliganing qoldirilgan 8-turida Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda oyog'idan jarohat olib, safdan chiqqandi.
Oldin xabar berganimizdek, futbolchiga jarrohlik stoliga yotishi zarur va bu amaliyot Moskvada o'tkazilishi rejalashtirilgan.
SHu maqsadda Nodari 9 iyul kuni avval Tbilisidan Toshkentga keldi va Moskvaga operaciyadan oldingi tibbiy tekshiruvga yo'l olayotganligi uchun hujjatlashtirish ishlari bilan mashg'ul bo'ldi.
"Andijon" klub rahbariyati Nodari bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi. Futbolchi kecha kechki payt 19:20 da Toshkent-Moskva yo'nalishida Rossiya poytaxtiga jo'nab ketgan.
Moskvadagi tibbiy tekshiruvdan so'ng, Kavtaradzening qachon operaciya qilinishi malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar