So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  34 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Nizom Norov: “Bu yil “Andijon”ga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman” Yangiliklar

Nizom Norov: “Bu yil “Andijon”ga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman”

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 1989 yili tavallud topgan Nizom Norovni ko'pchilik uning “SHo'rtan”dagi faoliyati orqali yaxshi biladi.
Lekin bugungi suhbatdoshimiz bunga qadar ham ayrim jamoalarda o'ynagan. Hozirda “Andijon” o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan Norovning o'quvchilarimizga yaqindan qisqacha tanishtirib o'tadigan bo'lsak, Nizom katta futbolga 17 yoshida kirib kelgan. Uning dastlabki jamoasi birinchi liga ishtirokchisi “Surxon” bo'lgan. Iqtidorli hujumchi keyinchalik Sarosiyoning sobiq “To'palang” klubi safida ham oliy liga bahslarida maydonga tushgan. Uning to'purarlik salohiyati yuqori ekanligini payqagan “SHo'rtan” murabbiylari Norovni G'uzorga taklif etgan. Termizlik futbolchi 4 yillik faoliyati davomida “SHo'rtan”da o'zini ko'rsata oldi. Ayniqsa u yoshlar ligasida raqib darvozalarini tez-tez ishg'ol etib, muxlislar etiborini tortgandi. 2012 yili oyog'i sinib, gips qilingan futbolchi olti oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan. SHu yilning ikkinchi yarmidan esa birinchi liga ishtirokchisi “Xiva”da to'p tepdi. 2013 yili Robert Gayning taklifiga binoan Namangan viloyati CHust tumani jamoasi “CHust-Paxtakor”ga kelgan Norov ortda qolgan mavsumda yana to'purarlik mahorati bilan o'zini muxlislarga eslatib qo'ydi. Futbolchi birinchi liga bahslarida 10dan ortiq gollarga mualliflik qildi. Bu bilan u o'z jamoasining to'purariga aylandi. Norov bunday ko'rsatkich bilan “Andijon” murabbiylarini ham etiborini tortdi.

- Nizomjon, avvalo “Andijon” yig'iniga kelib qo'shilishingiz qanday yuz berganini aytib o'tsangiz?
- Klubga meni bosh murabbiy Azamat Abduraimov chorladi. Maqsadim bu yil oliy ligada o'ynash ekanligi bois ham aynan “burgutlar” yig'iniga ko'rikdan o'tish uchun kelganman.

- Andijonliklarning ikkinchi yig'inda to'liq ishtirok etdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?
- Bu borada hammasi yaxshi. Meni jamoadagilar iliq kutib oldi. Ichki muhit ham zo'r. Yigitlarning ko'pi bilan oldindan tanishligimiz uchun, ular menga yangi muhitga moslashib olishimga yordam bermoqda. Mashg'ulotlar haqida aytadigan bo'lsam, yuqori suratda o'tkazildi. Murabbiylar shtabi juda yaxshi ishlamoqda deyish mumkin. Ayniqsa Azamat Birodarovichning o'zi mashg'ulotlarda erinmasdan futbolchilarning xatolarini aytib, uni tuzatish ustida ish olib bormoqda. Rosti bunday murabbiy bilan oldin ishlamaganim sababli men uchun yig'in ajoyib o'tdi deya olaman.

- Jamoadagi kelgusi taqdiringizga oydinlik kiritib oldingizmi?
- Bu yil “Andijon”da o'ynashim deyarli 90 foizga aniq. Bu borada Azamat aka bilan gaplashib oldik. “Navbahor” bilan o'tkazilgan o'yindan so'ng, futbolchilarga qisqa muddatlik dam berildi. Uyga qaytayotganimda, murabbiylar menga kerakli hujjatlarni tayyorlab, 24 yanvar kuni Toshkentda boshlanadigan navbatdagi yig'inga kelishimni aytdi. Nasib qilsa poytaxtdagi mazkur yig'inda ham o'zimni har tomonlama ijobiy tomondan ko'rsatishga xarakat qilaman.   

- Azamat Abduraimov ilgari hujumchi bo'lgan. Siz ham oldingi chiziq vakilisiz. Demoqchimanki, bosh murabbiy mashg'ulot jarayonida siz bilan alohida ishlagan payti ham bo'ldimi?

- Ha, Abduraimov hujumchilarga qaysi paytda qanday o'ynash kerakligini uqtiradi. Menga ham bu borada kamchiliklarimni aytib, shu ustida ko'proq ishlashim zarurligini takidlaydi. Murabbiyning aynan shu jihati menga yoqdi.

- Siz kabi o'tkan yili ikkinchi bosqichda 10ta gol urgan Lochin Soliev haqida nima deysiz?
- Lochin aka tajribali hujumchi. Ilgari boshqa klublarda ham o'ynagan. Solievning odamgarchiligi ham juda yaxshi ekan. Yaqindan tanishib oldik. Bunday hujumchi bilan yonma-yon o'ynash osonroq bo'ladi.  

- “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsdan kelib chiqib aytingchi, jamoa o'yin uslubiga to'liq kirishib keta oldingizmi?
- Bunga hali biroz vaqt kerak. Asta-sekin moslashish jarayonini tugatyapman. O'ylaymanki, chempionat boshlangunga qadar to'liq moslashib olaman.

- Bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligada o'ynashga yaqin turibsiz. Elitada yana o'ynab keta olishingizga ishonasizmi?
- Oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Lekin men o'zimga ishonaman. Agarda imkoniyat berilsa, undan unumli foydalanib qolishga intilaman. Qisqacha aytganda, “Andijon”ga bu yil qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика