So’nggi yangiliklar

18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:10Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  2 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   0 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  33 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  14 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   4 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1

Nivaldo O'tkir Yusupovga “kalla qo'ygani”, FIFAga ariza yozmasligi, haqoratli so'zlar, jarima va afsuslangani haqida Yangiliklar

Nivaldo O'tkir Yusupovga “kalla qo'ygani”, FIFAga ariza yozmasligi, haqoratli so'zlar, jarima va afsuslangani haqida

Kuni kecha superliga 5-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Ushbu turda Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z uyida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilib durang natija qayd etdi 1:1. Ushbu bahsning so'ngi daqiqalarida mezbon jamoa futbolchisi Nivaldo raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. SHu vaziyatda Nivaldo O'tkir Yusupovning yuziga boshi bilan zarba berdi va bu holat ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Biz Nivaldo bilan ko'rishib nima uchun O'tkir Yusupovning yuziga boshi bilan zarba bergani borasida suhbatlashdik.

- “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandingiz. Maydonni tark etishdan oldin raqib darvozaboni O'tkir Yusupovning yuziga boshingiz bilan zarba berdingiz. Nima uchun bunday qilganingizni ayta olasizmi?

- Bunday holat bo'lishidan oldin raqib jamoa himoyachisi bilan biroz tortishib qoldik. Keyin barchasi risoladagidek yakunlangandi. SHundan so'ng, hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandim. Nima uchun bunday bo'lganini bilmayman. SHunday bo'lsada xotirjam kiyinish xonasi tomon ketayotgan edim. Raqib darvozaboni har xil so'zlar bilan baqirib ketdi. Meni haqorat qildi. Kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qildi. Men buni OAVga aytishni istamayman. CHunki, bu chiroyli so'zlar emas. SHundan so'ng O'tkir Yusupovga boshim bilan zarba berdim. Bu juda ham xunuk holat ekanligini yaxshi bilaman. Men noto'g'ri ish qildim. Bunday tarzda harakat qilganim uchun klub rahbariyati, futbol muxlislaridan uzr so'rayman. Yusupov nima deganini biladi, nimani eshitganimni bilaman. Men esa unga nisbatan o'z reakciyamni namoyish qildim. Yana bir bor aytaman, mening manzilim tomon qanday so'zlarni ishlatganini ayta olmayman. “CHernyy”, “negr”, “obezyana” degan so'zlarni birinchi marotaba eshitmayapman. O'yinda bunday holatlar bo'lib turadi.


- Darvozabon O'tkir Yusupov sizni aynan nima deb haqorat qilganini ayta olasizmi?

- Bunday so'zlarni sizga aytsam, OAVda chop etishingiz to'g'ri bo'lmaydi. Qolaversa bunday so'zlarni yosh avlodlar o'qishsa, ularning tarbiyasiga juda ham yomon tasir qilishi mumkin. Mening ham yosh farzandim bor. Uning tarbiyasiga ham yomon tasir qilishi mumkin. Nima uchun onam oqtanli siz esa qoratanlisiz, deya ko'p bor so'raydi. Yoshligida shu borada ko'p so'rardi. Hozir esa ko'nikib ketgan. Tanamiz qanday rangda bo'lishidan qatiy nazar biz insonlarmiz. Hozir bu narsani muhokama qilishni istamayman. Barchasi o'tib ketdi. Men O'zbekistonga futbol o'ynash uchun kelganman. Bu erda muammolar girdobiga tushib qolishni istamayman. Men moddiy jarimaga tortildim va 5ta o'yinga chetlatildim. Buni o'zgartirib bo'lmaydi.

- Braziliya, Qozog'iston, Rossiya, Belarusiya chempionatlarida faoliyat olib borgansiz. Hozir esa O'zbekistondasiz. Bundan avval ham siz bilan bog'liq mana shunday holatlar bo'lganmi?

- Albatta, bunday holatlar bo'lgan. Qaysi mamlakat chempionatida bunday holat bo'lgani haqida gapirib o'tirishim shart emas. Qozog'istonda 2 yil faoliyat olib bordim. U erda ko'plab do'stlarim bor. Rossiya chempionatida ham 5 yil faoliyat olib borganman. Agarda bundan oldin bo'lgan voqealarni hozir gapiradigan bo'lsam, men haqimda do'stlarim yomon xayolga borishi mumkin. Maydonda har qanday vaziyat bo'ladi. Men irqchilikka qarshiman. O'tkir Yusupovga boshim bilan zarba berganimdan afsusdaman. Braziliyada futbol maktabim bor. U erdagi bolalar meni doim kuzatib borishadi. Bunday qilganimni ular ko'rishini istamasdim. CHunki men professional futbolchiman.Qilgan ishimdan afsusdaman. Bunday holat qayta takrorlanmaydi.

- O'tkir Yusupov sizni haqorat qilgani uchun FIFAga ariza yozdingizmi?

- Yo'q, men hech qachon FIFAga bunday holat tufayli ariza yozmaganman. Sababi, bunday holatlar maydonda bo'lib turadi. O'yin yakunlanganidan so'ng, barcha futbolchilar bir-biridan uzr so'raydi. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan uchrashuv yakunlanganidan so'ng, raqib jamoa himoyachisi Nivaldo barchasi uchun uzr so'rayman, deydi. Men buni to'g'ri qabul qildim. Yana qaytarib aytaman, bunday holat boshqa takrorlanmaydi.


- Darvozabon O'tkir Yusupov ham sizdan kechirim so'radimi?

Yo'q, chunki ushbu holatdan so'ng men kiyim almashtirish xonasiga ketdim va uni ko'rmadim.

- “Qo'qon-1912” jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov bilan muloqot qilganimda, sizni haqorat qilmaganini aytdi.

Hozir hamma xohlaganini gapiradi. O'yin o'tib bo'ldi. Men jarimaga tortildim va 5ta o'yinga chetlatildim. Hozir hech nimani o'zgartirib bo'lmaydi.

- PFL sizni 25 million so'mlik jarima bilan jazoladi va 5ta o'yinga chetlatdi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Kim bunday holat uchun PFLdan ko'ngli to'lishi mumkin. Bunday jarimalardan mamnun emasman. Men qizil kartochka bilan jazolandim.

- “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng, klub rahbariyati, murabbiylar sizga nimalar dedi?

- Ushbu bahsdan so'ng, murabbiylar shtabi yig'ilish o'tkazdi. O'yindagi vaziyat haqida gapirishdi. Jamoada tartib bo'lishi kerakligini aytishdi.  Bunday xatoni bir marotaba qildim, boshqa takrorlamayman. Qilgan ishimdan pushaymonman. Barchadan uzr so'rayman.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика