So’nggi yangiliklar

21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  13 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5

"Nimaga O'zbekiston yo'q?" degan savolga javob Yangiliklar

"Nimaga O'zbekiston yo'q?" degan savolga javob

Xabaringiz bor, shu kunlarda Indoneziyada futbol bo'yicha U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada guruh o'yinlari tugadi va bugundan chorak finalga start beriladi. SHu o'rinda chorak final juftliklarini yana bir karra eslab o'tsak.

28 oktyabr
Qatar - Tailand
Yaponiya - Indoneziya

29 oktyabr
Janubiy Koreya - Tojikiston
Saudiya Arabistoni - Avstraliya

Tur natijalarini berib borganimizdan so'ng izohlarda bazi muxlislar "Nimaga O'zbekiston yo'q?" savolini bera boshlashdi. Bu savolning javobi oddiy: O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'tgan yil saralashdan o'ta olmagan.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralash bosqichining "V" guruhidan joy olgandi. Guruhdagi raqiblar: SHri Lanka, Maldiv, Bangladesh va Tojikiston. Barcha o'yinlar Tojikistonda o'tkazilgan. Saralash bosqichiga Aleksandr Mochinov terma jamoani olib borgan.

O'zbekiston yoshlar termasi ishtirokni juda yaxshi boshlagan. Dastlab SHri Lanka 10:0, undan keyin Maldiv 6:0, so'ngra Bangladesh 1:0 hisobida mag'lub etilgan. Demak, 3ta o'yinda 9 ochko. Mezbon jamoa Tojikiston esa saralashni Bangladeshga qarshi durang (0:0) bilan boshlagan. Keyin ular SHri Lankani 6:0 va Maldivni 5:0 hisobida mag'lub etilshgan. Tojikiston uchta uchrashuvda 7 ochko to'plagan.

O'tgan yil 8 noyabr kuni "Hisor" markaziy stadionida O'zbekiston va Tojikiston yoshlar terma jamoalari o'rtasida hal qiluvchi bahs o'tkazilgan. Bizga durang ham kifoya qilardi, biroq 0:1 hisobida yutqazib qo'yganmiz. Natijada Tojikiston 10 ochko bilan Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan, biz esa ortga qaytganmiz. Xullas, muxlislar tomonidan tushayotgan savolning javobi shu.

Eslatib o'tamiz, U-19 Osiyo chempionatida kuchli to'rtlikka kirgan jamoalar kelasi yil Polshada o'tkaziladigan U-20 jahon chempionatiga yo'l olishadi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика