So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  1 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  0 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  2 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  1 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  64 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  6 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  3 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  35 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2

Nima uchun vodiy klublarida muammolar bo'laveradi? "Neftchi"ning transfer taqiqi va boshqa mavzular - Kamoliddin Murzoev bilan intervyu Yangiliklar

Nima uchun vodiy klublarida muammolar bo'laveradi? "Neftchi"ning transfer taqiqi va boshqa mavzular - Kamoliddin Murzoev bilan intervyu

Yangi mavsum oldidan klublarimizda qarzdorlik bilan bog'liq muammolar, transfer taqiqlari odatiy holga aylanib bormoqda.

Bu yil asosiy nishon vodiy jamoalari bo'lmoqda. Xususan, FIFA Farg'onaning "Neftchi" klubiga 3 ta transfer oynasiga taqiq yubordi. Endilikda klub yangi futbolchilarni Superligada o'ynata oladimi yoki yo'q, yana qaysi jamoalarimizdagi shunday holatlar borasida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevga yuzlandik. 

- O'zbekiston futbolchilar uyushmasi 2024 yilning so'nggida rasman xalqaro FIFPRO azosiga aylandi. O'zbekiston futbolchilar uyushmasi uchun buning qanday afzalliklari bor?

- Uzoq yillik mehnatimiz sababli o'tgan yili to'liq FIFPRO azosi sifatida qabul qilindik. Bu davrga qadar azolikka kirmaganmidinglar degan savol tug'ilishi tabiiy. Xalqaro FIFPRO tashkilotining malum bir talablari bor. Yani bosqichma-bosqich to'liq azolikka intilishadi. Biz 2017 yil ilk bor kuzatuvchi maqomida dastlabki qadamlarimizni qo'yganmiz. 2021 yilga kelib kuzatuvchi maqomini oldik. 2024 yilda esa biz to'liq azolikka etib keldik. Bu erda futbolchilarimizning bizga bo'lgan ishonchi muhim rol o'ynadi. Yosh tashkilot bo'lishimizga qaramasdan bizni qo'llab-quvvatlashdi. Bundan tashqari O'FA va O'zPFLning ishonchi ham katta ahamiyatga ega. Afzalliklariga kelsak, FIFPRO azosi bo'lgan 72 ta davlatda qanday qulayliklar berilgan bo'lsa biz ham shunday imkoniyatlardan foydalanamiz. SHuningdek, bu tashkilotda ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tadi. Yani dunyo futbolidagi jarayonlarda biz ham o'z ovozimizga ega bo'lamiz. 

-  2024 yil futbolchilar uyushmasi uchun qanday o'tdi, eng katta muhim qaysi muammolarga echim topildi? Ko'proq qanday murojaatlar kelib tushmoqda?

- Yil mobaynida oladigan bo'lsak, 2024 yil ko'tarinki ruhda o'tdi. Asosiy masala bosh assambleyaga tayyorgarlik edi. Biz uchun yana bir katta topshiriq bo'lgan Osiyo mintaqasining bosh assambleyasini qabul qildik. 20ga yaqin Osiyo mintaqasi mamlakatlarini yaxshi kutib oldik, bu keyinchalik etirofga loyiq bo'ldi. Toshkentda o'tgan tadbirdan so'ng mintaqadagi boshqa mamlakatlarga ham mezbonlik qilish imkonini berdi. O'z uyushmangizda bosh assambleyani o'tkazish uchun talabnoma yuborishingiz kerak bo'ladi. 

- Hozirga qadar qaysi muammolar hamon kun tartibida turibdi. Yangi mavsum oldidan klublarimizdagi qarzdorliklar, futbolchilar oldidagi muammolari bor klublarimiz haqida to'xtalib o'tsangiz...

- 2023 yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak 2024 yilda murojaatlar soni kamaydi. Bu degani klublarimizda ham muammolar asta-sekin kamayib bormoqda. Mavjud muammolarni ham echishga harakat qilmoqdamiz.

- "Neftchi" jamoasiga FIFA tomonidan 3 ta transfer oynasiga kelgan taqiq haqida nima deya olasiz? Klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza oladimi va bu taqiq qaysi holatda echilishi mumkin?

- Xabarimiz bo'yicha, mazkur transfer taqiq sobiq murabbiy Vladimir Ejurov oldidagi majburiyatlarini bajarmagani uchun qo'yilgan. FIFA saytida ham 3 ta transfer oynasiga taqiq berilganligi ko'rsatilgan. Ushbu talab bajarilsa va murabbiy kiritgan davo arizasini qaytarib olsa, o'ylashimcha transfer ochilishi kerak. Lekin o'zimni o'ylantirgani nima uchun 3 ta transfer oynasiga qo'yildi? Bunga qadar asosan FIFA 2 ta transfer oynasiga ban qo'yardi. Davogarning talabi qondirilsa bu taqiq ochilardi. 

- O'tgan yili "Neftchi" ayollar jamoasi bilan bog'liq muammo echildimi? Nima uchun aynan vodiy klublarida muammo bo'laveradi?

- To'g'ri aytdingiz, o'tgan yili "Sevinch" bilan o'yinda "Neftchi" ayollar jamoasi maydonga chiqishdan bosh tortishdi. Buni yoqimsiz holat sifatida qabul qilish kerak edi. Ko'proq vodiy jamoalarida muammolar bo'layotganini sababi, bu klublarning asosiy maqsadlari erkaklar jamoalariga qaratilayotganligida deb o'ylayman. Jamoa katta qadam qo'yayotganida hamma etibor asosiy jamoaga qaratilib, ayollar, Birinchi liga jamoalari, futzal jamoalari oldida muammo bo'lmoqda. Buni asta-sekinlik bilan yo'qotish kerak. Ko'rgan bo'lsangiz qo'mita qarorida legioner futbolchilarga mahalliy darajada birinchi marotaba taqiq qo'yildi. Bu amaliyotimizga kirib kelib klublarning professionalligini oshiradi. O'FA va PFL hamjihatlikda boshqaruvni, majburiyatlarni bajarishga chaqirib qoladi.

- Srechko Katanecning faoliyati nimasi bilan yodda qoldi va Timur Kapadzega oldinda qanchalik qiyin bo'ladi?

- Bu eng nozik mavzu hisoblanadi, chunki Katanecning sog'lig'i ko'plab savollarni tug'dirayotgandi. Katanecning sog'lig'i bilan holat va Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi pallasida ekanligimiz muhim mavzu hisoblanardi. Avvalo inson sog'lig'i birinchi o'rinda turadi. Bosh murabbiyimizning sog'lig'i bilan bog'liq bu vaziyatini va qabul qilgan qarorini olqishlayman. Unga rahmat aytish kerak. Uning ko'rsatgan natijalari va bizning bugungi imkoniyatimiz bahoni berib turibdi. Yangi bosh murabbiyga kelsak, Olimpiada yo'llanmasi Kapadze boshchiligida qo'lga kiritildi. O'ylaymanki, futbolchilarimiz to'g'ri qabul qiladi. Hozir kim keldi yoki kim kelmadi savollarni beradigan payt emas. O'z oldimizga qo'yilgan maqsad sari hammamiz birgalikda harakat qilsak mana shu murabbiy va tarkib bilan orzuyimizga erishamiz. Bunda barcha g'alaba qozonadi va mamnun bo'ladi deb o'ylayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика