So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Nima uchun "Sanderlend" futbolchilar shartnomasida kosmosga uchishni taqiqlagan? Yangiliklar

Nima uchun "Sanderlend" futbolchilar shartnomasida kosmosga uchishni taqiqlagan?

Teglar :  Sanderlendkosmos
"Sanderlend"ga o'tayotgan futbolchining shartnomasida uning kosmosga uchishi taqiqlangan band bo'ladi.

Lekin bunday ahmoqona fikr kimning g'oyasi bo'lgan? Ha, bizning qahramonimiz kosmosga uchishni orzu qilgan.

1999 yili 30 yoshli shveciyalik tayanch yarim himoyachisi Stefan SHvarc APLning yangi jamoasi "Sanderlend" bilan shartnoma imzolaydi.  Uning transferi ortidan "Valensiya" 4 mln evro ishlab oladi (o'shanda uning transferi Angliya klubi uchun rekordga aylanadi). Quyidagi voqeadan keyin uning shartnomasida ayrim o'zgarishlar yuz beradi.

SHvarcga rasman kosmosga uchishni taqiqlab qo'yishdi. Albatta, gap tijoriy reyslar, yani, shaxsiy samolyotlar haqida ketgandi, biroq Angliya matbuotida Stevanni "kosmonavt" deb atay boshlandi.

Ammo bir tomondan olib qaraganda, bu oddiy fraza bo'lib chiqmadi. Ayrim voqealar jurnalistlarning haq bo'lib chiqqanini tasdiqladi. SHvarcning agentlaridan biri futbolchi uchun samolyot sotib olgan va shu orqali u mijozini alohida samolyotda olib yurishni reja qilgandi.

"U Stefanni doimo o'zi bilan olib yurishidan havfsiragandik. SHu boisdan bu masalani keyinchalik hal qilmasdan, bir yo'la echib qo'ya qoldik. Umuman olganda bizning talabimiz oddiy edi: odatda futbolchiga qo'yilgan kafolat deyarli har bir bandda bo'ladi, masalan favqulodda havfli holatlarda ham. Biz shunchaki klubni himoya qilyapmiz, holos. Ha, bunday mavzudagi muzokaralar odatda shartnoma imzolanishini kechiktiradi", - degandi o'shanda "Sanderlend" ijrochi direktori Jon Fliking. Futbolchining tanishtiruv marosimida esa Fliking biroz jiddiyroq qiyofada: "Stefan shu orqali dam olish uchun Oyga uchmaydi degani", - deb qo'shib qo'ygandi.

Oradan bir necha yillar o'tib, shveciyalikning o'zi ham bu voqeani yodga oldi: "Muzokaralarni yakunlab, stol atrofida o'tirgandik. Televizorda "Oydagi poygachi" kinosi bo'layotgandi (Jeyms Bond qatnashgan).

Keyinchalik agentimdan so'rasam, klubdagi odamlarga kosmik sayohat uchun bir nechta yo'llanma taqdim qilinar ekan. O'shanda u menga: "Sen avval shartnoma imzola, bu borada biz bosh qotiramiz", degandi. "Sanderlend" rahbariyati bu g'oyamni eshitib, to'xtab qoldi. Bolaligimdan buyon Oyga uchishni orzu qilganim uchun kosmik kinolarni juda ham yoqtirardim.

Lekin keyinchalik tinchlanishga to'g'ri keldi. Odamning faqatgina bitta futbol karerasi bo'ladi, asosiy maqsad esa - undan ko'proq lazzat olish. Mening chiptam kimga nasib qilganini bilmayman. Balki u meni hali ham kutayotgandir. Hayotimning so'nggi kunida Oyga borishni orzu qilaman. Ammo o'sha vaqtdagi qarorni hurmat qilish kerak edi. Agarda u erda jarohat olganimda meni nima kutayotganimni tushunib turgandim. Barchasi yomon tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgandi".

Ha, futbol tarixida g'alati holatlar juda ko'p bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика