"Nima uchun o'sha vaziyatda VAR aralashmadi?". Tuxel kechagi o'yindagi hakamlikdan norozi
30 dek 2021 07:39
Yangiliklar
"Nima uchun o'sha vaziyatda VAR aralashmadi?". Tuxel kechagi o'yindagi hakamlikdan norozi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Brayton"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Oldimizda qiyin raqib turganini va o'yin oson bo'lmasligini bilgandik. Men ularga qarshi o'yinda raqib osonlik bilan o'ynaganini ko'rmadim. SHubhasiz, g'alaba uchun bor kuchimizni berishimiz kerak edi.
Hakamlik borasida odatda gapirmayman. Ammo bugun Pulishich bilan bog'liq vaziyatda 100 foizlik penalti bor edi.
Bizda VARga murojaat qilish va vaziyatni qayta ko'rib chiqish imkoniyati bor. Nima uchun biroz kutib, o'sha epizodni ko'ra olmaymiz?
Nima uchun o'sha vaziyatda VAR aralashmadi?", - dedi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, o'yinni Mayk Din boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar